mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet9/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Lingvistik bilim: harakatni ifodalovchi soʻzlar; tutuq belgisini toʻgʻri qoʻllash; egalik qoʻshimchasi qoʻshilgach q ning gʻ ga almashish hodisasi; maʼlumotlarni jadval koʻrinishiga keltira oladi; tutuq belgisining soʻz maʼnosiga taʼsirini aniqlay oladi.
Lugʻat boyligi: sabzavotlar va tomorqa ishlariga oid soʻzlar; sabzavotlar nomi, shakli, foydali xususiyatlari, ishlatilish oʻrniga oid va ularni qoʻshib tayyorlanadigan taomlarni ifodalovchi soʻzlar.
XOTIRAM KUCHLI BOʻLSIN DESANGIZ
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: inson xotirasi haqida tushuncha berish, xotiraning muayyan bilimni oʻzlashtirishdagi ahamiyatini koʻrsatish, oʻquvchida diqqatni jamlash koʻnikmasini hosil qilish, xotirani mustahkam qilishga doir tavsiyalar berish.
Tinglab tushunish: informativ uslubdagi audiomatnda ochiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; savollarga javob berishda fikrni dalillash uchun audiomatnga murojaat qila oladi; x va h tovushlarini eshitish orqali oʻzaro farqlay oladi.
Ogʻzaki nutq: notanish soʻzlarni shaxsiy tajribaga asosan talaffuz qila oladi; savollar tuza oladi; x va h tovushlarini oʻzaro farqlay oladi.
Oʻqib tushunish: uch bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi; informativ matndagi ochiq ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; matnda berilgan maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali xulosalar chiqara oladi; uch bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi; sheʼr syujetini tushuna oladi, uni davom ettira oladi; koʻp bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi.
Yozma nutq: -li va -siz qoʻshimchalari bilan sifat yasash va ularni kontekstda qoʻllay oladi; eng birinchi xotirasi/hayotidagi eng taʼsirli voqea/eng esda qolgan sayohati yuzasidan matn tuza oladi; feʼl zamonlarini toʻgʻri qoʻllay oladi; x va h tovushlarini yozuvda oʻzaro farqlay oladi, ushbu tovushlar ishtirok etgan soʻzlar imlosi ustida ishlay oladi; bir matn asosida boshqa bir matnni yarata oladi, bunda avvalgi matn strukturasiga tayana oladi; ogʻzaki aytilgan soʻzlarni imlo qoidalari asosida toʻgʻri yoza oladi; matn tahriri bilan tanishib, tahrir qilingan oʻz matnini qayta yoza oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling