mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqiy mavzuning gʻoyasi
- Ogʻzaki nutq
- Oʻqib tushunish
- Lingvistik bilim
Lingvistik bilim: jarangli undoshlarning jarangsizlashishi; soʻzlarga -ga qoʻshimchasini toʻgʻri qoʻsha oladi; ohangdosh soʻzlarni topa oladi; shart ergash gapli qoʻshma gap va sabab ergash gapli qoʻshma gapni toʻgʻri tushunib, oʻz nutqida qoʻllay oladi.
Lugʻat boyligi: ertakdagi notanish soʻzlarning maʼnosini tushunish; ertak qahramoni – ertakdagi voqeaning asosiy qatnashchisi. BIRINCHI KITOBIM (6 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: kitob va uning turlari haqida atroflicha maʼlumot berish, kitobning kishilik jamiyati va taraqqiyotida tutgan oʻrnini koʻrsatish, kitob doʻkonlari, shaxsiy va jamoat kutubxonalari bilan tanishtirish, oʻquvchini kitobxonlikka targʻib qilish. Tinglab tushunish: kitob ishlab chiqarish haqidagi audioni tinglab tushunib, eshitib qabul qilingan material yuzasidan savollarga javob bera oladi; sheʼrni tinglab tushuna oladi, sheʼr oʻqilishi va nasr oʻqilishidagi farqni aniqlay oladi. Ogʻzaki nutq: kitoblar/ kitob doʻkonlari / kutubxona rasmiga qarab savollarga javob bera oladi; kitoblarga munosabati haqida ayta oladi; kitobning shakli, taʼrifini tushuna oladi, va ularga ogʻzaki taʼrif bera oladi; oʻzlari oʻqigan birinchi kitob haqida savollarga javob bera oladi. Oʻqib tushunish: kitob ishlab chiqarish jarayoniga oid sxema/chizmani anglay; “Mening birinchi kitobim” matni boʻyicha berilgan savollarga javob topa oladi; sheʼrni ifodali oʻqib, sheʼrdagi obrazlarni tahlil qila oladi; elektron kitoblar haqidagi maʼlumotni oʻqib tushuna oladi. Yozma nutq: oʻrni almashtirib berilgan harflarni toʻgʻri joylashtirib, kitob turini bildiruvchi soʻzlarni yoza oladi; davlatlarning nomlarini yoza oladi; “Men oʻqigan birinchi kitob” mavzusidagi matnni toʻldira oladi; qofiyadosh soʻzlarni ajratib oladi. Lingvistik bilim: biror narsani taʼriflash uchun sifatni qoʻllay oladi; va bogʻlovchisi bilan soʻz va gaplarni bogʻlay oladi; berilgan soʻzga qofiya topa oladi; davlatlarning nomini bosh harfda yozilishini ajrata oladi. Lugʻat boyligi: mavzu doirasidagi olinma soʻzlar; matnda qoʻllangan soʻz va birikmalar: darslik, badiiy adabiyot, ensiklopediya, lugʻat, qoʻllanma, Ossuriya, Qadimgi Misr, Xitoy; loy, bambuk, tosh kitob. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling