Lingvistik bilim: gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari; qofiyadosh soʻzlar; punktuatsiya qoidalari (nuqta, vergul, soʻroq, undov).
Lugʻat boyligi: matnda qoʻllangan soʻzlar (savat, rapida, koʻsov, dasht, choʻl, oʻtloq, tumtaraqay, jazirama, qovjirash, zarra), iboralar (bir yoqadan bosh chiqarib), maqollar.
KATTA BOʻLSAM, NOBEL MUKOFOTI OLAMAN!
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchini Nobel mukofoti bilan tanishtirish barobarida uni ilm-fanga targʻib qilish, ilmning jamiyat ravnaqidagi oʻrnini koʻrsatish, yetuk olim boʻlib Vatan uchun koʻplab xayrli ishlar qilish mumkinligini uqtirish.
Tinglab tushunish: Nobel mukofoti bilan bogʻliq matnni eshitib tushunadi va rasm asosida savollarga javob bera oladi; eshitilgan matndagi voqealar ketma-ketligini topa oladi; eshitgan matniga oid mashq daftarida berilgan topshiriqlarni bajara oladi.
Ogʻzaki nutq: mavzu asosida berilgan olinma soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; Nobel mukofoti beriluvchi sohalar nomini rasm asosida topa oladi va aytib beradi; Nobel mukofotini qoʻlga kiritish bosqichlarini ketma-ketlikda tartibli ayta oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; mavzuga oid informativ matnning mazmuni haqidagi savollarga javob berib, javoblarini asoslay oladi; matn asosida berilgan toʻgʻri va notoʻgʻri fikrni farqlay oladi; informativ matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlar (qahramon, fakt, detallar)ga oid savollarga javob beradi hamda uni asoslab bera oladi.
Yozma nutq: hikoya qahramoni haqidagi maʼlumotnomani toʻldira oladi; joy nomlarini bosh harflar bilan yoza oladi; matn va jadvalni topshiriq asosida toʻldirib yoza oladi; matn qismlarini berilgan kichik mavzular asosida tartiblay oladi; eslab qolgan maʼlumotlariga tayanib yoza oladi; olim va mutaxassislarning nimalar bilan shugʻullanishi haqida yoza oladi; savollar asosida hikoya yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |