Lingvistik bilim: -dosh qoʻshimchasi bilan yangi soʻz yasalishi; darak gaplar; kim?, kimlar?, nima? soʻroqlari; badiiy matndagi badiiy tasvir vositalari.
Lugʻat boyligi: hanuzgacha, aqalli, kor qilmoq, shopirmoq soʻzlari; maktab bilan bogʻliq soʻz va birikmalar.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: mustahkamlashga qaratilgan savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: matn yuzasidan berilgan savollar asosida navbat bilan gapira oladi; matnga tayanib qayta xotirlagan voqeaga munosabat bildira oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: nutqiy mavzular asosida berilgan savollarni, yoza oladi uchun berilgan topshiriqlar shartini oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq: hikoya qahramonlarini taʼriflab yoza oladi; -dosh qoʻshimchasi ishtirokida soʻzlar topib yoza oladi; matndagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarini qoʻyib yoza oladi.
Lingvistik bilim: darak gaplar; -dosh qoʻshimchasi; uyushiq boʻlaklar; nuqta va vergul.
Lugʻat boyligi: maktab hayotiga oid soʻzlarning maʼnolarini oʻzlashtirish.
TUGʻILGAN KUNING BILAN!
(8 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchiga tugʻilgan kun va uni nishonlashga doir turli maʼlumotlarni berish bilan birga unda milliy hamda xalqaro bayramlar haqida tushuncha hosil qilish, bayramlarning kishilar hayotidagi oʻrni va ahamiyati haqida maʼlumot berish.
Tinglab tushunish: tugʻilgan kun haqidagi hikoyani eshitib tushuna oladi; rasmda ifodalangan narsalarning mavzuga aloqadorligini tushunadi; soʻzlovchi nutqidagi ohangga tayanib soʻroq, darak, buyruq hamda his-hayajon gaplarni farqlay oladi; badiiy matnni tinglagach, uning asosiy mazmunini aytib bera oladi.
Ogʻzaki nutq: hikoyada uchragan notanish soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; rasmlar asosida fikrini bayon qila oladi; badiiy matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlardan savol berilganda javob beradi hamda javobini asoslab bera oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |