Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; hikoyaning boshlanishidagi jumlalarning sheʼrni ifodali oʻqiy oladi; sheʼr asosida tasavvurini rasmdan topa oladi; sheʼrdagi obrazlarni tahlil qila oladi; matnlardagi voqealar ketma-ketligini toʻgʻri belgilay oladi; matnning maʼlum qismini oʻqib, uni mantiqan davom ettira oladi.
Yozma nutq: tugʻilgan kun bilan bogʻliq oʻziga qaratilgan savollarga javob yoza oladi; tasavvurini yozma tarzda ifodalay oladi; xohish-istakni ifodalovchi soʻzlardan mosini tanlab matn yoza oladi.
Lingvistik bilim: mavzu doirasida qoʻllanishi mumkin boʻlgan KFSQ; atoqli otlar; undov belgisi.
Lugʻat boyligi: tugʻilgan kun tadbirini taʼriflash uchun qoʻllanadigan soʻzlar, tabrikladi, qutladi kabi sinonimlar; xohish- istaklarni ifodalovchi soʻz va gaplar.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlari bergan javoblarni eshitib, unga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: matn yuzasidan berilgan savollarga tartibli javob bera oladi; hikoya syujetini aytib bera oladi.
Oʻqib tushunish: qiyin notanish soʻzlarni toʻgʻri oʻqiy oladi; matnni va matn asosida berilgan savollarni oʻqib tushunadi; matnda voqealarning sabab-oqibatini topa oladi.
Lugʻat boyligi: matndagi soʻz va iboralar.
MENING MAHALLAM
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: mahallaning hududiy birlik sifatidagi oʻrni va ahamiyati borasida tushunchalar hosil qilish, mahallaga xos qadriyatlar, qoʻni-qoʻshnichilikka doir odob-axloq normalari bilan tanishtirish.
Tinglab tushunish: hashar haqidagi audiomatnni tinglash asosida berilgan savollarga javob bera oladi; eshitilgan matndan olingan gaplarni talaffuz asosida imlosidagi farqni topa oladi; audiomatn asosidagi sxemalar, rasmlar joylashuvini topa oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida mahalla bilan bogʻliq savollarga javob bera oladi; maʼlum hodisaning vaqti, sababi, joyini aniq ayta oladi; joy nomlarini toʻgʻri talaffuz qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |