mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozma nutq
- Tinglab tushunish
- Ogʻzaki nutq
- Oʻqib tushunish
- Lingvistik bilim
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: mavzular haqidagi suhbatni tinglab, tushunmagan jihatlari yuzasidan aniqlashtiruvchi savol bera oladi. Ogʻzaki nutq: oʻziga yoqqan matnga munosabat bildira oladi; bergan javobini izohlab bera oladi. Oʻqib tushunish: berilgan topshiriqlarni oldingi bilimlaridan foydalangan holda bajara oladi. Yozma nutq: maktab mulkiga yetkazilayotgan zararlar roʻyxatini tuza oladi; mulkka ziyon yetkazmaslik haqida doʻstiga xat yoza oladi. Lingvistik bilim: darak, soʻroq va buyruq gaplar. Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻz va iboralar. OʻQUV YILI OXIRIDA TAKRORLASH (8 soat) Ushbu soatlarda oʻquvchining yil davomida olgan oʻqib, eshitib tushunish, ogʻzaki va yozma nutqqa oid bilim, koʻnikma va malakalari sinovdan oʻtkaziladi. Sinov natijalari asosida qoʻshimcha taʼlimiy ishlar amalga oshiriladi. Tinglab tushunish: audiomatn bilan rasmlar oʻrtasidagi muvofiqlikni aniqlay oladi; voqealar ketma-ketligini mantiqan tushuna oladi; rivoyatdagi eksplitsit va implitsit maʼlumot yuzasidan savollarga javob bera oladi; rivoyatda aks etgan sabab-oqibatni tushunib, ramziylikni anglay oladi; sinfdoshlarining javoblarini tinglab, ularga munosabat bildira oladi. Ogʻzaki nutq: rasm asosida yil davomida oʻrganganlariga tayanib gapira oladi; partadoshi bilan suhbat jarayonida aniqlashtirish uchun savollar bera oladi; sheʼrni yoddan, ifodali hamda ravon aytib bera oladi; topishmoq aytish musobaqasida javoblarni maʼlum belgilarga asoslangan holda topa oladi. Oʻqib tushunish: badiiy hamda informativ matnlarni ravon hamda ifodali oʻqiy oladi; voqeaband matnda berilgan ochiq hamda yopiq maʼlumotlarni tushuna oladi; hikoyadagi qahramonlarni farqlay oladi; sheʼrdagi kalit soʻzlarni aniqlay oladi; “Menga yoqqan sheʼr (hikoya yoki ertak)” mavzusida yozgan matnini ifodali oʻqib bera oladi. Yozma nutq: rivoyatdan olgan 1 ta xulosasini yoza oladi; partadoshi bilan qilgan suhbat asosida dialog yoza oladi; kattalar nutqiga xos soʻz va iboralarni kuzatuvlari asosida yoza oladi; oʻziga yoqqan sheʼr bandini tanlab yoza oladi; sinfdoshi tavsiya qilgan kitoblar orasidan maʼqulini tanlab, ularning nomini yoza oladi; yil davomida oʻqiganlari asosida “Menga yoqqan sheʼr (hikoya yoki ertak)” mavzusida matn tuzib, yoza oladi. Lingvistik bilim: erkalash-kichraytirish otlari; leksik birliklar izohi; yil davomida oʻrganilgan lingvistik bilimlarni takrorlash. Lugʻat boyligi: rivoyat, afsona, naql, oʻgit, yil davomida oʻrganilgan soʻz va iboralar. Yil yakunidagi nazorat ishi va uning tahlili (4 soat) Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling