SAYYOHLARI KOʻP DIYOR
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: Oʻzbekistonning turistik imkoniyatlari, turizmning davlat iqtisodidagi ahamiyati, yurtimizda turizmni rivojlantirish uchun qilinishi zarur boʻlgan ishlar, turistik markazlar haqida atroflicha maʼlumot berish.
Tinglab tushunish: mavzu yuzasidan savollar asosidagi suhbatni tinglab, aniqlashtirish uchun savollar bera oladi; soʻzlarni tinglab, tovush oʻzgarishlarini farqlay oladi; informativ matndagi ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm va matn shaklidagi maʼlumotlarni integratsiya qilib gapira oladi; berilgan soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; sheʼrni oʻqib, sheʼr matni yuzasidan fikrini izohlab, aytib bera oladi; savollarga bergan javobini asoslab bera oladi.
Oʻqib tushunish: informativ matnni ifodali oʻqib, ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning maʼnosini izohli lugʻat yordamida aniqlay oladi; matnlardagi voqealar ketma-ketligini, qismlarini toʻgʻri belgilay oladi; sheʼrni ifodali oʻqib, undagi joy, tarixiy obida va musiqa nomlarini ajrata oladi; sayyohlik xaritasini tushuna oladi.
Yozma nutq: toʻgʻri yozilgan soʻzlarni aniqlab, ular ishtirokida gaplar tuza oladi; audiomatndagi toʻgʻri maʼlumotlarni aniqlab, yoza oladi; matn tarkibidan joy nomlari va joylarga atab qoʻyilgan nomlarni aniqlab, yoza oladi; matnga mos sarlavhani topib, yoza oladi; sayyohlik xaritasi va koʻrsatmadan foydalanib Oʻzbekistonni qadimiy obidalari haqida matn yoza oladi.
Lingvistik bilim: atoqli va turdosh otlar imlosi; shaxs nomlari, joy nomlari imlosi; jarangli va jarangsiz undoshlar imlosi; soʻroq gaplar imlosi; soʻz yasalishi; bosh harflar imlosi; gap boʻlaklari.
Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻzlar (sayyoh, diyor, gumbaz, zabon, koʻhna, peshtoq, daka, oshufta).
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlarining nutqini tinglab, ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: tanishilgan tarixiy obidalar haqida maʼlumot bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |