mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet71/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Lingvistik bilim: paronim soʻzlar imlosi; -loq va –zor qoʻshimchalari imlosi.
Lugʻat boyligi: paronim juftliklar.


ISM QANDAY QOʻYILADI?
(8 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: kishi ismining maʼnosi, ism qoʻyishdagi anʼana, urf-odatlar, ismning xarakter bilan uygʻunligi, ismning huquqiy maqomi, tugʻilganlik haqida guvohnoma, pasport kabi hujjatlar haqida maʼlumot.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab tushuna oladi; audiomatn asosida berilgan ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; matndagi informatsiyani oʻzining maʼlumotlari bilan bogʻlay oladi.
Ogʻzaki nutq: berilgan rasmlar asosida fikr bildira oladi; matnni gapirib bera oladi; sheʼrni yoddan ifodali aytib bera oladi; berilgan guvohnoma matni bilan tanishib, oʻziga tegishli maʼlumotlarni ayta oladi.
Oʻqib tushunish: badiiy va informativ matnlarni ifodali oʻqiy oladi; matnda uchraydigan ismlarni bugungi kundagi ismlar bilan farqlab, ularning maʼnosini izohlay oladi; sheʼrni ifodali oʻqiy oladi va undagi obrazlilikni tahlil qila oladi.
Yozma nutq: maʼlumotlarni farqlab yoza oladi; berilgan soʻzlarni izohi bilan moslab, koʻchira oladi; tugʻilganlik guvohnomasi asosida oʻziga tegishli maʼlumotlarni yoza oladi; oila aʼzolarining ismini lugʻatdan topib, matn koʻrinishida yoza oladi.
Lingvistik bilim: bosh harflar imlosi; joy nomlari imlosi; sifat soʻz turkumi; antonimlar, sinonimlar imlosi; -li, -dor, -siz qoʻshimchalari.
Lugʻat boyligi: taxallus; shariat, peshvo, xosxona, kanizak, guvranmoq, nuridiyda; sipohlik, yoy, mergan, botmon, yashin, alp.


Mustahkamlash darsi (1 soat)


Tinglab tushunish: oʻtilgan mavzular yuzasidan berilgan savollarni tinglab, dalillar orqali munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: oʻziga yoqqan matnni tanlab, unga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: savol va topshiriqlarni oʻqib, mustaqil bajara oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling