Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: oʻtilgan mavzular yuzasidan berilgan savollarni tinglab, dalillar orqali munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: berilgan savollar asosida muhokamaga kirisha oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan topishmoqlarni oʻqib, tushuna oladi.
Yozma nutq: topishmoqlarning javobini topib yoza oladi.
Lingvistik bilim: murojaat birliklari.
Lugʻat boyligi: turli nutq vaziyatlarida ishlatiladigan til birliklari.
SANʼAT VA MADANIYAT
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: insoniyatning tarixiy taraqqiyotida sanʼat va madaniyatning oʻrni va ahamiyati, sanʼat turlari, moddiy va madaniy yodgorliklar haqida tushuncha hosil qilish, oʻquvchilarni sanʼatni tushunishga oʻrgatish.
Tinglab tushunish: sanʼat va madaniyatga oid rasmlar va savollar asosidagi suhbatni tushunib, aniqlashtirish uchun savollar bera oladi; audiomatnni tushunib, savollarga javob bera oladi; audiomatndagi maʼlumotlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini aniqlay oladi; audiomatndan xulosa chiqara oladi.
Ogʻzaki nutq: mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi; berilgan rasmlarni tushunib, ularga munosabat bildira oladi; isteʼdodli odam haqidagi tasavvurlarini aytib bera oladi; sheʼr mazmunini tushunib, muhokama qila oladi; berilgan matn yuzasidan erkin fikr bildira oladi.
Oʻqib tushunish: mavzuga oid savollarni oʻqib tushuna oladi; berilgan topshiriqlarning shartini oʻqib tushuna oladi; matnni ifodali oʻqib, tushuna oladi; matnni oʻqib, unga yoʻnaltiruvchi savollar orqali munosabat bildira oladi.
Yozma nutq: qahramonning xislatlarini sharhlab yoza oladi; berilgan soʻzlarning maʼnosini yoza oladi; gazeta matni bilan tanishib, oʻz uslubida maqola yoza oladi.
Lingvistik bilim: shaxs va kasb nomlari; ibora; kinoya; hajv; ilmiy-ommabop uslub.
Lugʻat boyligi: ibora (bezor qilmoq; boshiga koʻtarmoq, qoʻlida kelmoq; hukmron boʻlmoq; sevinib ketmoq), soʻzining kontekstda anglashgan maʼnosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |