Oʻqib tushunish: berilgan savollarni oʻqib, tushuna oladi.
Yozma nutq: koʻrsatma asosida sayyohlik xaritasini tuza oladi.
Lingvistik bilim: joy nomlari.
Lugʻat boyligi: tarixiy obidalarning nomi.
KULOLCHILIK
(5 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarni milliy hunarmandchilik bilan tanishtirish, kulolchilik tarixi, Oʻzbekistonda kulolchilik markazlari, xususan, Rishton kulolchilik markazi haqida atroflicha maʼlumot berish.
Tinglab tushunish: kulolchilikka oid informativ matnni tinglab, toʻgʻri maʼlumotlarni aniqlay oladi; audiomatn asosidagi rasmlar joylashuvini aniqlay oladi; audiomatnni tinglab, shu asosda savol tuza oladi; mavzu yuzasidan berilgan savollarni tinglab, javob bera oladi.
Ogʻzaki nutq: matn asosida berilgan savollarga javob bera oladi; rasmni tasvirlab gapira oladi; berilgan rasmlarni tushunib, ularning maʼnosini izohlay oladi; ertakdan chiqargan xulosasini aytib bera oladi; qaysi hunar bilan faxrlanishini aytib bera oladi.
Oʻqib tushunish: badiiy matnlarni ifodali, ravon oʻqiy oladi; sheʼrdagi obrazlilikni tahlil qila oladi; matnni oʻqib, badiiy tasvir vositalarini anglaydi, matndan xulosa chiqara oladi; savollarga sheʼr matniga qayta murojaat qilish orqali dalil topa oladi; matndan biror tasvirni aniqlay oladi; ajratilgan soʻzning kontekstual maʼnosini aniqlay oladi.
Yozma nutq: tinglagan matni yuzasidan 3 ta savol tuzib, yoza oladi; matnda ajratib koʻrsatilgan soʻzlarni lugʻatdan topib, yoza oladi; berilgan gaplar va ularga mos soʻzlarni moslashtirib yoza oladi; tasavvuridagi kulolchilik buyumini taʼriflab yoza oladi; berilgan rasm asosida dialog yoza oladi.
Lingvistik bilim: shevaga oid soʻzlar; juft va takror soʻzlar; maʼnodosh soʻzlar.
Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻzlar (kulol, hiyla, hunarmand, asqatmoq, asl, dovruq, mengzab, zahmat; naqsh, lagan; langar).
KITOBDAN YAXSHISI YOʻQ
(6 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |