mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lingvistik bilim
- Ogʻzaki nutq
- OʻZIM XARID QILAMAN (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
- Tinglab tushunish
Oʻqib tushunish: badiiy matnlarni ravon oʻqiy oladi; ertakda aks etgan sabab-oqibatni tushuna oladi; vizual informatsiyani matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; ijobiy va salbiy qahramonlar haqida berilgan maʼlumotlarni oʻqib, tushuna oladi; mavzu yuzasidan berilgan bir necha bosqichli topshiriqlarni tushuna oladi va harakatlarni amalga oshira oladi.
Yozma nutq: oʻziga maʼlum ertak haqida koʻrsatmadan foydalangan holda maʼlumot yoza oladi; berilgan sifatlarni ertak qahramonlarining harakatiga moslashtirib, yoza oladi; sinfdoshining nutqini tinglab, koʻrsatma asosida maʼlumot yoza oladi; berilgan jadvalni koʻrsatmalar asosida toʻldira oladi; rasmlarga mos soʻzlarni ajratib yoza oladi; biror inson haqida koʻrsatmadan foydalanib, matn yoza oladi. Lingvistik bilim: maʼnodosh soʻzlar; antonim soʻzlar (ijobiy/salbiy); kayfiyatni ifodalovchi soʻzlar. Lugʻat boyligi: ertak, qahramon, ijobiy, salbiy, turtki, kayfiyatni ifodalovchi soʻzlar, iboralar. Mustahkamlash darsi (1 soat) Tinglab tushunish: oʻtilgan mavzular yuzasidan berilgan savollarni tinglab, dalillar orqali munosabat bildira oladi. Ogʻzaki nutq: ertakni gapirib bera oladi. Oʻqib tushunish: berilgan ertakdagi soʻzlarni maʼnodoshi bilan almashtira oladi; kayfiyatni hamda xususiyatni ifodalovchi soʻzlarni farqlay oladi. Yozma nutq: berilgan soʻzlarni maʼnosiga koʻra davom ettirib yoza oladi; matnni qayta ishlay oladi. Lingvistik bilim: maʼnodosh soʻzlar. Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻz va iboralar. OʻZIM XARID QILAMAN (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarda iqtisodiy koʻnikmalarni rivojlantirish, mahsulotlarni turi, narxi, sifatiga qarab baholashga oʻrgatish, xarid jarayonlarida sotuvchi bilan toʻgʻri muloqot qilish malakasini shakllantirish. Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab, matn yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi; audiomatn mazmuni asosida toʻgʻri maʼlumotlarni aniqlay oladi; audiomatndagi voqealar ketma-ketligini aniqlay oladi; audiomatndagi xaridor huquqlarini eshitib, tushuna oladi. Ogʻzaki nutq: mavzuga oid berilgan rasmlarni tasvirlab bera oladi; rasmlar asosida savollarga javob bera oladi; savdo bilan bogʻliq birliklarning maʼnosini tushunib, izohlay oladi; rasm va nutqiy vaziyat asosida ogʻzaki hikoya tuzib gapirib bera oladi; sheʼr mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi; matn mazmuni asosida sotuvchi va xaridor manfaatlarini aytib bera oladi; matn tarkibidan “xushmuomalalik”, “hurmat”, “norozilik” belgilarini aniqlab, aytib bera oladi. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling