mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet77/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Oʻqib tushunish: badiiy matnlarni ravon oʻqiy oladi; ertakda aks etgan sabab-oqibatni tushuna oladi; vizual informatsiyani matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; ijobiy va salbiy qahramonlar haqida berilgan maʼlumotlarni oʻqib, tushuna oladi; mavzu yuzasidan berilgan bir necha bosqichli topshiriqlarni tushuna oladi va harakatlarni amalga oshira oladi.
Yozma nutq: oʻziga maʼlum ertak haqida koʻrsatmadan foydalangan holda maʼlumot yoza oladi; berilgan sifatlarni ertak qahramonlarining harakatiga moslashtirib, yoza oladi; sinfdoshining nutqini tinglab, koʻrsatma asosida maʼlumot yoza oladi; berilgan jadvalni koʻrsatmalar asosida toʻldira oladi; rasmlarga mos soʻzlarni ajratib yoza oladi; biror inson haqida koʻrsatmadan foydalanib, matn yoza oladi.
Lingvistik bilim: maʼnodosh soʻzlar; antonim soʻzlar (ijobiy/salbiy); kayfiyatni ifodalovchi soʻzlar.
Lugʻat boyligi: ertak, qahramon, ijobiy, salbiy, turtki, kayfiyatni ifodalovchi soʻzlar, iboralar.
Mustahkamlash darsi (1 soat)


Tinglab tushunish: oʻtilgan mavzular yuzasidan berilgan savollarni tinglab, dalillar orqali munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: ertakni gapirib bera oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan ertakdagi soʻzlarni maʼnodoshi bilan almashtira oladi; kayfiyatni hamda xususiyatni ifodalovchi soʻzlarni farqlay oladi.
Yozma nutq: berilgan soʻzlarni maʼnosiga koʻra davom ettirib yoza oladi; matnni qayta ishlay oladi.
Lingvistik bilim: maʼnodosh soʻzlar.
Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻz va iboralar.


OʻZIM XARID QILAMAN
(8 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarda iqtisodiy koʻnikmalarni rivojlantirish, mahsulotlarni turi, narxi, sifatiga qarab baholashga oʻrgatish, xarid jarayonlarida sotuvchi bilan toʻgʻri muloqot qilish malakasini shakllantirish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab, matn yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi; audiomatn mazmuni asosida toʻgʻri maʼlumotlarni aniqlay oladi; audiomatndagi voqealar ketma-ketligini aniqlay oladi; audiomatndagi xaridor huquqlarini eshitib, tushuna oladi.
Ogʻzaki nutq: mavzuga oid berilgan rasmlarni tasvirlab bera oladi; rasmlar asosida savollarga javob bera oladi; savdo bilan bogʻliq birliklarning maʼnosini tushunib, izohlay oladi; rasm va nutqiy vaziyat asosida ogʻzaki hikoya tuzib gapirib bera oladi; sheʼr mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi; matn mazmuni asosida sotuvchi va xaridor manfaatlarini aytib bera oladi; matn tarkibidan “xushmuomalalik”, “hurmat”, “norozilik” belgilarini aniqlab, aytib bera oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling