mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet78/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Oʻqib tushunish: matnni ifodali oʻqiy oladi; matnda ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; matndan ajratib olingan dialog mazmunini tushuna oladi; sheʼrni ifodali oʻqiy oladi; sheʼrdagi obrazlarni tahlil qila oladi; berilgan vaziyat koʻrsatmalarni oʻqib tushungan holda aniqlashtirish uchun savollar bera oladi.
Yozma nutq: rasm asosida gap tuzib yoza oladi; narsa, buyum sotiladigan joy nomlarini yoza oladi; mahsulot yoʻriqnomasi bilan tanishgan holda biror mahsulot yorligʻini izohlab yoza oladi; xaridor nutqida qoʻllangan soʻzlarni yoza oladi; soʻzlarga soʻroq bera oladi orqali boʻsh oʻrinlarni kerakli soʻzlar bilan toʻldirib yoza oladi; sotuvchi va xaridor munosabatlarini ikki ustunga ajratib yoza oladi; berilgan soʻzlarni izohi bilan moslashtirib yoza oladi; sheʼr matni yuzasidan savol tuzib, yoza oladi; berilgan vaziyatlar asosida suhbat matni yoza oladi.
Lingvistik bilim: shaxs, narsa va joylarning nomini bildiruvchi soʻzlar; sarlavha; darak, soʻroq va buyruq gaplar; hisob soʻzlar; murojaat birliklari; narsalarning belgisini bildiruvchi soʻzlar; soʻzning leksik maʼnosi.
Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar (sotuvchi, xaridor, manfaat, tovar yorligʻi, peshtaxta, rasta, narx, savdo, tilim).


Mustahkamlash darsi (1 soat)


Tinglab tushunish: dars davomida tushunmagan jihatlariga aniqlik kiritish uchun savollar bera oladi.
Ogʻzaki nutq: savollarga javob bera oladi; berilgan javoblarini izohlab bera oladi.
Oʻqib tushunish: partadoshining tuzgan dialogini oʻqib tushuna oladi va tushunmagan jihatlariga munosabat bildira oladi; biror buyumning yorliq matnini oʻqib tushuna oladi hamda kerakli maʼlumotlarni aniqlay oladi.
Yozma nutq: biror buyumning yorligʻidan kerakli maʼlumotlarni ajratib yoza oladi; xaridor va sotuvchi uchun tavsiyalar yoza oladi.
Lingvistik bilim: narsa nomlari, joy nomlari; atoqli va turdosh otlar.
Lugʻat boyligi: oziq-ovqat nomlari; oʻyinchoq nomlari; oʻquv qurollari nomlari; uy-roʻzgʻor buyumlari.



Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling