mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lugʻat boyligi
- KUN TARTIBI (7 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
- Ogʻzaki nutq
Lingvistik bilim: oila aʼzolarini bildiruvchi soʻzlarning sinonimlik xususiyatlari (ona — aya, oyi); -jon kichraytirish-erkalash qoʻshimchasining vazifasini anglash; ohangdosh soʻzlarni farqlash; shaxs otlariga birikib kela oladigan sifatlashlarni aniqlash bilimlarini oʻzlashtira oladi.
Lugʻat boyligi: oila aʼzolarini bildiruvchi soʻzlar (ona, ota, dada, aka, singil, opa, oʻgʻil, qiz, bola uka, nabira, chaqaloq, bobo, buvi, oyi, aya); oila aʼzolari egallashi mumkin boʻlgan kasblar nomi; qarindoshlikni ifodalovchi otlar (togʻa, amma, xola, amaki); matnda qoʻllagan iboralar (ikki-uch ogʻiz, birovning boʻynida, koʻzi tushib qolish, togʻdan togʻga qochish); shaxsga xos xususiyatlarni ifodalovchi soʻzlar (mehnatkash, qoʻrqoq); oʻzbek nutqi va madaniyati kontekstida oila aʼzolariga nisbatan ishlatiladigan sifatlar (aqlli, mehribon, quvnoq, epchil kabi); KUN TARTIBI (7 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarda vaqt bilan bogʻliq umumiy tushuncha hosil qilish, vaqtni qadrlash, toʻgʻri taqsimlash, bolani bir kunlik rejasini tuza olishga oʻrgatish. Tinglab tushunish: berilgan savolni tushunib tartibli javob bera oladi; eshitilgan gapdagi voqeani anglay oladi, uning qaysi hafta kuni, kunning qismida bajarilishini topa oladi. Ogʻzaki nutq: soat vaqtlarini toʻgʻri talaffuz qila oladi; savollarga ogʻzaki javob bera oladi; rasmga qarab oʻz kun tartibi haqida ayta oladi; dialogli matnni oʻqishda rolga kirisha oladi. Oʻqib tushunish: soatni ifodalovchi raqamli konstruksiyani toʻgʻri oʻqiy oladi; (6:30, 12:00); matnda ifodalangan vaqt va faoliyat bogʻliqligini tushuna oladi; sheʼrning syujetini tushuna oladi; oʻxshatishlarni tushunish (umr – daryo); rasmlarda qanday amallar bajarilayotganini aniqlay oladi; dialogni oʻqib tushuna oladi. Yozma nutq: kun qismlarini yoza oladi; raqamlarni soʻz bilan ifodalay oladi; soat necha boʻlganini yoza oladi; oʻxshatishlarni qatnashtirib gaplar tuza oladi; rasm asosida oʻz kun tartibini hodisalar ketma-ketligi asosida matn yoza oladi; daraxt, payvand kabi oxiri ikki undosh bilan tugovchi soʻzlarini toʻgʻri ifodalay oladi; toʻqqiz, ukki kabi tarkibida ikkita bir xil undosh qatnashgan soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; tavsiya mazmunidagi gaplar tuza oladi. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling