mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet14/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Lingvistik bilim: narsalarning nomini bildirgan soʻzlar, ularga soʻroq berish orqali ajrata oladi; lekin”, “yoki” bogʻlovchilari bilan gaplarni bogʻlay oladi; ikkita soʻzni qoʻshib yangi soʻz yasay oladi: mehmondoʻst, xontaxta; qofiyadosh soʻzlarni ajrata oladi.
Lugʻat boyligi: matnda qoʻllangan mehmondorchilk bilan bogʻliq soʻz va birikmalarning maʼnosini tushuna olish.
V BOʻLIM. TIL VA DIL
(17 SOAT)


SHEʼR BOʻLADIGAN SOʻZLAR
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: sheʼr, sheʼriy ritm, qofiya, badiiy obraz (maʼno koʻchishi) haqida dastlabki tushunchalarni hosil qilish, sheʼrni ifodali oʻqish, sheʼrni tushunishga doir koʻnikmalarni shakllantirish.
Tinglab tushunish: sheʼrlarni tinglab tushuna oladi; matn mazmuni yuzasidan savollarga javob bera oladi; tanlagan sheʼri nima uchun yoqqanini tushuntirib bera oladi; tinglangan sheʼrdagi ohangdosh soʻzlarni ajrata oladi; tinglangan sheʼr asosida tasavvurini rasmda aks ettira oladi.
Ogʻzaki nutq: nomi qofiyadosh boʻlgan turli buyumlarning rasmiga qarab nomini ayta oladi, tovush tarkibini va maʼnosini farqlay oladi; sheʼrni yoddan ifodali aytib bera oladi.
Oʻqib tushunish: sheʼrlarni toʻgʻri va ifodali oʻqiy oladi; sheʼr haqida berilgan nazariy maʼlumot matnni tushuna oladi; vizual informatsiyani matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; turli sheʼrlarni oʻqib, oʻziga yoqqanini yodlash uchun tanlay oladi.
Yozma nutq: qofiyadosh soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; sheʼriy matnga mos nasriy matnni topa oladi; sheʼrdagi voqeani oʻz soʻzlari bilan yoza oladi.
Lingvistik bilim: narsalarning nomini bildiruvchi soʻzlar; qofiyadosh soʻzlarni ajrata oladi; kishilarga atab qoʻyilgan ismlarning bosh harf bilan yozilishi; boʻgʻinga ajrata oladi.
Lugʻat boyligi: sheʼrda qoʻllangan soʻz va birikmalarning mazmunini tushunish; sheʼr haqida nazariy maʼlumot.


SANAMALAR
(7 soat)

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling