mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Mustahkamlash darsi (1 soat)


Download 104.42 Kb.
bet13/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: mustahkamlashga qaratilgan savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunish va ularga munosabat bildira olish.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida oʻtilgan mavzular doirasida munosabat bildira oladi; yasama soʻzlarni ajratib oladi.
Oʻqib tushunish: nutqiy mavzular asosida berilgan savollarni, yozish uchun berilgan topshiriqlar shartini oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq: doʻst, arz, rost soʻzlarini toʻgʻri yoza olish; kitob yasash uchun nimalar qilish kerakligini tartib bilan yoza oladi.
Lingvistik bilim: nutqiy mavzu doirasidagi lingvistik bilimlarni oʻzlashtira oladi.
Lugʻat boyligi: nutqiy mavzu doirasidagi soʻz va iboralar.


Nazorat ishi va tahlili (2 soat)


MEHMON BOʻLISH YAXSHI-DA!
(6 soat)


Nutqiy mavzuning gʻoyasi: mehmondoʻstlik oʻzbek xalqiga xos milliy qadriyat ekanligi haqida tushuncha hosil qilish, mehmon kutish yoki mehmonda boʻlish, taom yeyish odobiga doir koʻnikmalarni shakllantirish.
Tinglab tushunish: mehmondorchilik haqidagi sheʼrni eshitib tushuna oladi; sheʼr va nasriy matn oʻqilishidagi farqni anglay oladi; eskplitsit va implitsit maʼlumotlar asosida savollarga javob bera oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmli ertakni aytib bera olish; rasmlar asosida mehmon boʻlish va mehmon kutish odobi haqida suhbat uyushtira oladi; rasmda ifodalangan narsalardan mavzuga aloqadorlikni tushuna oladi; oʻz tajribasi asosida mehmon kutish va mehmon boʻlish haqida reja, yoʻnaltiruvchi savol, kalit soʻzlardan biri yordamida gapirib bera oladi.
Oʻqib tushunish: matnni va shu matn asosidagi savollarni oʻqib, rasmlarda aks ettirilgan mehmon boʻlish va mehmon kutish odobiga doir harakatlarni aytib bera oladi; matn/dialogni oʻqib tushuna oladi; matn/dialogni tushunishga yoʻnaltirilgan savollarga javob bera oladi; matn asosidagi sxemalar, maʼlumotlarni moslashtiradi; sheʼrni ifodali oʻqish va undagi obrazlarni tahlil qila oladi.
Yozma nutq: mavzu doirasidagi soʻzlarni toʻgʻri yozish; matn asosida dialog matni yoza oladi; matnda uchragan soʻzlar asosida boʻgʻin koʻchira oladi; rasm asosida tuzilgan ertakni yoza oladi; sheʼrdagi ohangdosh soʻzlarni yoza oladi; mehmonga borish odoblari haqida rasmlardan foydalanib matn yoza oladi; mehmondorchilik yakunida aytiladigan 3 ta tilak bildira oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling