Lingvistik bilim: sifatning qiyosiy darajasi: -roq, -li va -siz qoʻshimchalari bilan sifat yasalishi; x va h tovushlarining farqlay oladi.
Lugʻat boyligi: doʻkondan sotib olish mumkin boʻlgan narsalar nomi; kuchli xotira va uning atrofida assotsiatsiyalangan soʻzlar.
OQ TERAKMI, KOʻK TERAK?
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: milliy oʻyinlar va sport turlari haqida maʼlumot berish, jismoniy harakatning inson salomatligidagi ahamiyatini koʻrsatish, vatanimizni dunyoga tanitgan oʻzbek sportchilari bilan tanishtirish, oʻquvchini sport bilan shugʻullanishga targʻib qilish.
Tinglab tushunish: sport oʻyinlari haqidagi audiomatnda ochiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; olinma soʻzlar talaffuzini farqlay oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmda tasvirlangan voqealarni ogʻzaki ifodalay oladi; olinma soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; ochiq ifodalangan maʼlumotlar yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi; matn tafsilotlarini aniqlashtirishda kim?, nima?, qayerda?, qachon?, nima uchun?, qanday qilib? kabi savollarning mazmunini tushunib, javob bera oladi.
Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; matnda ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; sheʼriy matndagi ohangdoshlikni hosil qiluvchi soʻzlarni aniqlay oladi, sheʼrni ifodali oʻqib, yod oladi; dialog matnini tushuna oladi; dialog matnidagi fikr egasini aniqlay oladi; matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; rasmlarda ifodalangan maʼlumotlarni matn asosida tushuna oladi.
Yozma nutq: rasmlarni izohlovchi gaplar tuza oladi; maʼlumotlarni matn bilan qiyoslab, mos gaplarni koʻchira oladi; ohangdoshlik hosil qiladigan soʻzlarni yoza oladi; joy nomlarini imlo qoidalari asosida yoza oladi; rasmlar asosida kichik hikoya yoza oladi; hikoya matnini tahrir qila oladi, tahrir qilingan oʻz matnini qayta yoza oladi.
Lingvistik bilim: milliy oʻyinlar nomlari, xalq oʻyinlarining nomlari; joy nomlarini anglatuvchi soʻzlar; kim?, nima?, qayerda?, qachon?, nima uchun?, qanday qilib? kabi soʻroqlarni farqlay oladi.
Lugʻat boyligi: xalq oʻyinlarining nomlari; sport oʻyinlarining nomlari; oʻyinlarni sifatlovchi soʻzlar: qaltis oʻyin, mashhur oʻyin va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |