Oʻqib tushunish: nutqiy mavzular asosida berilgan savollarni, yozish uchun berilgan topshiriqlar shartini oʻqib tushuna oladi; vizual informatsiyani oʻqigan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi.
Yozma nutq: tushirib qoldirilgan harflarni topib yoza oladi; boʻlimda oʻrganganlari asosida qisqa maʼlumot yoza oladi; berilgan taʼriflarga qaysi atama mos kelishini aniqlab yoza oladi.
Lingvistik bilim: nutqiy mavzu doirasidagi lingvistik bilimlarni oʻzlashtira oladi.
Lugʻat boyligi: atama va taʼriflar, nutqiy mavzu doirasidagi soʻz va iboralar.
Nazorat ishi (1 soat)
VII BOʻLIM. OʻQUV YILI OXIRIDA TAKRORLASH
(8 SOAT)
Ushbu soatlarda oʻquvchining yil davomida olgan oʻqib, eshitib tushunish, ogʻzaki va yozma nutqqa oid bilim, koʻnikma va malakalari sinovdan oʻtkaziladi. Sinov natijalari asosida qoʻshimcha taʼlimiy ishlar amalga oshiriladi.
Tinglab tushunish: eshitgan matnidagi voqealar ketma-ketligini belgilay oladi; dialog yoki suhbat jarayonida soʻzlovchining oʻzgarganini anglay oladi; savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi; matnlarni oʻqib boʻlgach, uning asosiy mazmunini aytib bera oladi; yil davomida oʻrganilgan mavzular doirasida partadoshi bilan dialog tuza oladi va shu asosida suhbatga kirisha oladi.
Oʻqib tushunish: ikki qismli matnni oʻqib, tushunishga qaratilgan topshiriqlarni bajara oladi; badiiy hamda informativ matnlarda ochiq ifodalangan maʼlumotlar (qahramonlar, faktlar, detallar)dan savol berilganda javob beradi hamda javobini asoslab bera oladi.
Yozma nutq: tushunilishi qiyin soʻzlarni yoza oladi; boʻsh oʻrinlarga mos soʻzlarni qoʻyib toʻldira oladi; matndagi raqamlarni soʻzlar bilan yoza oladi; eslab qolgan maʼlumotlariga tayanib yoza oladi; dialog tuzib yoza oladi; xat yozish tavsiyasi asosida sevimli qahramon yoki yaqin insoniga maktub (xat) yoza olish; xato yozilgan matnni tahrir qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |