Yozma nutq: kattalardan sanama, topishmoq hamda tez aytishlar soʻrab yoza oladi.
Lingvistik bilim: nutqiy mavzu doirasidagi lingvistik bilimlar.
Lugʻat boyligi: nutqiy mavzu doirasidagi soʻz va iboralar.
Nazorat ishi va tahlili (2 soat)
VI BOʻLIM. FAN VA TEXNOLOGIYALAR
(16 SOAT)
OY YERDAN KATTAMI?
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: koinot, sayyorlar va boshqa osmon jismlari haqida tushuncha hosil qilish, Yerning tabiiy yoʻldoshi – Oy va uning yerdagi hayotga taʼsiriga doir maʼlumotlar berish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab, matn yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi, matn mazmuni asosida oʻz xulosasini ayta oladi; matn mazmunini qayta hikoya qila oladi; vizual informatsiyani tinglangan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi.
Ogʻzaki nutq: Quyosh tizimidagi sayyoralar asosida suhbatga kirisha oladi; suhbat jarayonida rasmlardan oʻrinli foydalana oladi; partadoshi tuzgan hikoya haqida oʻz fikrini ayta oladi.
Oʻqib tushunish: matn tarkibida kelgan oʻzlashma soʻzlarni toʻgʻri oʻqiy oladi; matn asosidagi savollarni oʻqib, savollarga javob bera oladi; matn mazmuniga mos ravishda sxemalar, maʼlumotlarni moslashtira oladi; badiiy boʻlmagan (faktik maʼlumotlar beradigan) matnni tushuna oladi; verbal (matnli) va vizual (grafik, illyustratsiya, jadval va hokazo) kerakli maʼlumotni qidirib topa oladi; sheʼrni ifodali oʻqish va undagi obrazlarni tahlil qila oladi.
Yozma nutq: matn tarkibida kelgan oʻzlashma soʻzlar imlosini oʻzlashtira oladi; Quyosh tizimidagi sayyoralar nomini tartibi boʻyicha yoza oladi; matn asosida berilgan savollarga javob yoza oladi; berilgan soʻzlar asosida gap tuzib yoza oladi; rasm asosida gap tuza oladi; rasm asosida kichik hikoya yoza oladi.
Lingvistik bilim: osmon jismlariga atab qoʻyilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi, maʼnodosh soʻzlar, soʻz yasalishi: yoʻl+dosh, parta+dosh; boʻgʻinga boʻlish hamda olinma soʻzlarni oʻzlashtira oladi.
Lugʻat boyligi: matn tarkibida berilgan atamalarni aniqlash, lugʻat yordamida ularning izohi bilan tanishish; osmon, samo, fazo, koinot, koʻk, borliq, olam; olinma soʻzlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |