Oʻqib tushunish: matnni ravon va ifodali oʻqiy oladi; sheʼr syujetini tushunadi va uni davom ettira oladi; dialogni rollarga kirib oʻqiy oladi hamda uni tushunishga yoʻnaltirilgan savollarga javob bera oladi.
Yozma nutq: mahalla bilan bogʻliq soʻzlarni topib yoza oladi; qoʻshnichilik bilan bogʻliq fikrlarini gap orqali ifodalab yoza oladi; rejalardan birini tanlab, oʻzi yashaydigan mahalla haqida ijodiy matn tuza oladi.
Lingvistik bilim: (payt, sabab, oʻrin hollari); joy nomlari va ularning imlosi; olmosh; jarangli undoshlarning jarangsizlashishi; mahalla va koʻcha nomlarining imlosi.
Lugʻat boyligi: mavzu doirasida qoʻllangan soʻz va iboralar (mahalla, qoʻshni, hashar, yordam qoʻlini choʻzish, qoʻlni qoʻlga beradi kabi).
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlari tomonidan tuzilgan dialoglarni eshitib, ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: partadoshi bilan savollar asosida dialog tuzib gapira oladi; dialogda berilgan maʼlumotlar ketma-ketligiga rioya qiladi; maqolning davomini ayta oladi.
Oʻqib tushunish: mahalla bilan bogʻliq soʻzlarni izohi bilan moslab oʻqiy oladi; maqollarni davom ettirib oʻqiy oladi.
Yozma nutq: maqollarni davom ettirib, xatosiz yoza oladi.
Lingvistik bilim: dialogda darak, soʻroq va buyruq gaplar; dialogda tinish belgilari.
Lugʻat boyligi: mahalla bilan bogʻliq soʻzlarni oʻzlashtirish; maqollar.
III BOʻLIM. TABIAT NEʼMATLARI
(26 soat)
QISHDA UXLAYDIGAN HAYVONLAR
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: qishlaydigan hayvonlar haqida maʼlumot berish bilan birga, umuman, tabiat va undagi jonzotlar haqida atroflicha tushuncha hosil qilish, hayvonlarning tabiatda tutgan oʻrni va ahamiyatini koʻrsatish, tabiatni asrash koʻnikmasini shakllantirish.
Tinglab tushunish: mavzuga oid matnni, berilgan savolni eshitib tushunadi va tartibli javob bera oladi; tinglangan matndagi ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini aniqlay oladi; matnda qoʻllangan notanish soʻz, iboralarning izohini topa oladi; matn mazmuni asosida oʻz xulosasini ayta oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida mavzu bilan bogʻliq savollarga javob bera oladi; koʻrgan, bilgan hayvoni haqida ogʻzaki soʻzlab bera oladi; matndagi soʻzlarni, maqollarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; matn asosida ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarga asoslangan savollarga javob bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |