mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet21/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Lingvistik bilim: oʻzlashma soʻzlar imlosi; yulduz va sayyorlar, turli osmon jismlariga atab qoʻyilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi; punktuatsiya qoidalari.
Lugʻat boyligi: matnda qoʻllangan soʻzlar (olim, ilm, bilim, mutaxassislik nomlari, olinma soʻzlar), maqollar.


II BOʻLIM. MEN, SEN, U VA ULAR
(26 SOAT)


MAKTABIM – IKKINCHI UYIM
(8 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: maktab va umuman taʼlim jarayonlari haqida keng tushuncha hosil qilish, maktabda egallangan taʼlim-tarbiyaning kishi hayotidagi ahamiyatini koʻrsatib berish, maktabda taʼlim olish, oʻzini qanday tutishga doir odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish.
Tinglab tushunish: maktab mavzusidagi audiomatnni tinglagach, berilgan savollarga asosli javob bera oladi; matn va rasm aloqadorligini tahlil qila oladi; informativ matndagi ochiq ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: maktab hayoti bilan bogʻliq rasmlar va savollar asosida suhbatlasha oladi; mavzu doirasidagi jadvalni berilgan tasnif asosida toʻldirib aytib bera oladi; maktab bilan bogʻliq biror qiziqarli voqeani aytib bera oladi; yaxshi va yomon holatlar haqida gapira oladi; hikoyani oʻzgartirib gapira oladi.
Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; matnda ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni, uch bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi; sheʼrni ifodali oʻqiydi va undagi obrazlilikni tahlil qila oladi; nutqiy mavzular asosida berilgan savollarni, yoza oladi uchun berilgan topshiriqlar shartini oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq: -dosh qoʻshimchali soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; matnni berilgan soʻzlardan mosini qoʻyib toʻldira oladi; berilgan soʻzlar ishtirokida namuna asosida gaplar tuzib yoza oladi; maktabda eng koʻp qoʻllaydigan soʻz va gaplarni yoza oladi; rasm asosida maktabdagi muammolarni yoza oladi; mavzu bilan bogʻliq vaziyatlar aks etgan rasm asosida ijodiy matn yoza oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling