mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet17/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

SIZ BUNI BILASIZMI?
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: insoniyat sivilizatsiyasiga doir turli mavzudagi qiziqarli, hayratlanarli maʼlumotlarni berish, bu bilan oʻquvchi dunyoqarashini kengaytirish, voqea-hodisalarni tanqidiy, tahliliy nigoh bilan oʻrganish koʻnikmasini shakllantirish.
Tinglab tushunish: mavzuga oid audiomatnni tinglab, matn asosida berilgan topshiriqlarni bajara oladi; rasmda ifodalangan narsalardan mavzuga aloqadorlikni tushuna oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida savollarga javob bera oladi; olinma soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: vizual informatsiyani oʻqigan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; oʻqilgan matn asosidagi toʻgʻri va notoʻgʻri maʼlumotni ajrata oladi; berilgan yoʻriqnoma matnini oʻqib, shu asosda harakatlarni ketma-ketlikda amalga oshira oladi.
Yozma nutq: qoʻyish uchun berilgan soʻzlardan foydalangan holda matnni toʻldira oladi; gaplardagi xatoliklarni aniqlaydi va toʻgʻrilab yoza oladi; ajratib koʻrsatilgan soʻzlarga qanday soʻroq berish mumkinligini aniqlab yoza oladi; mavzu doirasida kichik hikoya yoza oladi.
Lingvistik bilim: qofiyadosh soʻzlarni aniqlay oladi; ayrim soʻzlarning bir tildan ikkinchi tilga koʻchib oʻtishi, olinma soʻzlar talaffuzi va imlosidagi farqni tushunish va ularni toʻgʻri yoza oladi; soʻzlarga kim?, nima? kimlar?, qachon? soʻroqlarini bera oladi.
Lugʻat boyligi: matn tarkibida berilgan atamalarni aniqlash, lugʻat yordamida ularning izohi bilan tanishish; Yupiter, avtomobil, plastik, kompyuter, tonna, oʻtmish, qadim, kecha, erta, hozir, tunov kuni, indin, shu on, ayni payt.


Mustahkamlash darsi (1 soat)


Tinglab tushunish: mustahkamlashga qaratilgan savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunib munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida oʻtilgan mavzular doirasida munosabat bildira oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling