mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet25/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Oʻqib tushunish:matnni ravon oʻqiy oladi; sheʼr syujetini tushunadi; sheʼr matni asosida ochiq hamda yopiq ifodalangan maʼlumotlarni, badiiy tasvir vositalarini topadi va izohlay oladi; maqollarni oʻqib, mazmunini tushuntira oladi; hikoya qahramonini aniqlay oladi.
Yozma nutq: soʻzlarni boʻgʻinlab koʻchirish; notoʻliq matnni mos soʻzlar bilan toʻldira oladi; matn asosida berilgan badiiy tasvir vositalarini namuna asosida izohlab yoza oladi; namuna asosida gap tuzib yoza oladi; berilgan informativ maʼlumotlar asosida hikoya yoza oladi.
Lingvistik bilim: boʻgʻin koʻchirish; sifat soʻz turkumiga oid soʻzlar: ayyor tulki…; uxlash soʻzining sinonimlari.
Lugʻat boyligi: mahalla bilan bogʻliq soʻzlar; qishda uxlaydigan hayvonlar bilan bogʻliq soʻz va iboralar, maqollar.


Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: mustahkamlashga qaratilgan savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: nutqiy mavzular asosida berilgan savollarni, yozish uchun berilgan topshiriqlar shartini oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq: hayvon nomlarini boʻgʻinlab yoza oladi; hayvonlarni tasvirlab yoza oladi; boʻgʻinlarni yigʻib, soʻzlar yasay oladi.
Lingvistik bilim: boʻgʻin koʻchirish; sifat soʻz turkumi; soʻz yasalishi.
Lugʻat boyligi: nutqiy mavzu doirasidagi soʻz va iboralar; maqollar.


YER OSTIDA NIMA BOR?
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchiga yer osti qazilma boyliklari, tabiiy resurslar haqida atroflicha maʼlumot berish, tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan samarali foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, tabiiy boyliklarning ekologik ahamiyatini koʻrsatib berish.
Tinglab tushunish: audiomatnda berilgan notanish soʻzlarning talaffuzini oʻzlashtirish; informativ uslubdagi audiomatndagi ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushunadi; audiomatn asosida maʼlumotlar jadvalini toʻldira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida mavzu bilan bogʻliq savollarga javob bera oladi; matnda berilgan notanish va olinma soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; matnlarni oʻqib boʻlgach, uning asosiy mazmunini aytib bera oladi; mustaqil tayyorlangan loyihani taqdimot qilib bera oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling