Yozma nutq: sheʼrni tushunishga oid yozma mashqlar.
Lingvistik bilim: qofiya; badiiylikni taʼminlagan vositalar; leksikologiya.
Lugʻat boyligi: nutqiy mavzu doirasidagi soʻz va iboralar.
Nazorat ishi va tahlili (2 soat)
IV BOʻLIM. SOGʻ TANDA – SOGʻLOM AQL
(24 soat)
BAKTERIYA VA MIKROBLAR
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: bakteriya, mikrob, virus kabi mikroorganizmlarning inson salomatligiga taʼsiri, ularning hayotimizdagi oʻrni haqida maʼlumot berish, shaxsiy gigiyenaga doir tavsiyalar berish, mikroorganizmlardan shaxsiy gigiyenaga amal qilgan holda himoyalanishga doir atroflicha tushuncha hosil qilish.
Tinglab tushunish: mavzuga oid savollar va javoblarni tushunadi; ertakni tinglagach, matn yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi, matn mazmuni asosida oʻz xulosasini ayta oladi; audiomatndagi voqealarni rasmlar bilan moslashtira oladi.
Ogʻzaki nutq: mavzuga oid notanish va oʻzlashma soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; rasm asosida savollarga javob beradi; rasmlar asosida bogʻlanishli nutq tuza oladi; sheʼrni ifodali yoddan aytib beradi; partadoshi bilan hikoya matni haqida muloqotga kirishadi hamda topshiriqlari birgalikda bajara oladi; ozodalik qoidalarini ishlab chiqib, ularni tushuntirib bera oladi.
Oʻqib tushunish: hikoyani ravon va ifodali, rolga kirib oʻqiy oladi; muallif haqida nazariy maʼlumotni anglay oladi; informativ matnda berilgan maʼlumotlarni chizma shaklidagi maʼlumotlar bilan birlashtirib xulosa ayta oladi; uch bosqichli koʻrsatmalarni tushunadi; oʻqilgan hikoyaga sarlavha qoʻya oladi.
Yozma nutq: soʻzlarga mos izohni aniqlab yoza oladi: yuvilmagan qoʻl; kasallik nomlarini yoza oladi; hikoya, sheʼrning sarlavha va muallifini topib yoza oladi; boʻsh oʻrinlarni fikrni dalillashga xizmat qiluvchi til birliklari bilan toʻldirib yoza oladi; toʻgʻri yozilgan soʻzlarni aniqlab yoza oladi; ozodalik qoidalarini yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |