Lingvistik bilim: nonushta vaqtida qoʻllanadigan til birliklari (minnatdorchilik, nonushta bilan bogʻliq feʼllar); uyushiq boʻlaklar; punktuatsiya; gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari.
Lugʻat boyligi: mavzu doirasidagi soʻz va iboralar (taom, nonushta, bargak, turshak, xum, minnatdorchilikni ifodalovchi birliklar, uzunquloq gaplar, bosh tortmoq, yengil ovqat); va , ammo, shuning uchun bogʻlovchilarini nutqda qoʻllash.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: tengdoshlari tuzgan rasm asosidagi gaplarni eshitib tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida tuzgan gaplarini izohlab bera oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan savol va topshiriqlar shartini oʻqib tushunadi; mahsulotlarni oʻqigan maʼlumotlari asosida guruhlay oladi.
Yozma nutq: rasmdagi holatlarga mos gaplar tuzib yoza oladi; jadvalni tasnifga muvofiq toʻldirib yoza oladi; gaplarni mazmun va ohang jihatdan moslab yoza oladi.
Lingvistik bilim: gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari va ularda tinish belgilari; uyushiq boʻlaklar.
Lugʻat boyligi: turli mahsulot nomlari.
TANAMIZNI OʻRGANAMIZ
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: inson organizmi, tananing tashqi va ichki aʼzolari haqida atroflicha maʼlumot berish, tana salomatligiga doir bilim va koʻnikma hosil qilish.
Tinglab tushunish: tinglangan informativ matnlarda ochiq ifodalangan maʼlumotlar (faktlar, detallar)dan savol berilganda javob beradi va uni asoslab bera oladi; savollarga javob berishda fikrni dalillash uchun audiomatnga murojaat qila oladi; tana aʼzolari va ularning vazifalarini moslashtira oladi.
Ogʻzaki nutq: notanish soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; inson tanasi qismlari aks etgan rasm asosida tartibli fikr bildira oladi; rasmdagi mashqlarni tasvirlab bera oladi; matnlar asosida oʻziga qarata berilgan savollarga javob bera oladi; qofiyadosh soʻzlarni ajratib ayta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |