Tinglab tushunish: shifokor haqidagi qoʻshiqni tinglash va berilgan savollarga javob beradi; mavzu haqidagi audiomatnni tinglagach, yoʻnaltiruvchi savollar orali matnni tushuna oladi; eshitgan hikoyadagi qahramonning fikriga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida kasblar haqidagi savollarga javob beradi va javoblarini izohlay oladi; rasmdagi buyumlarning kasblarga aloqadorligini topib ayta oladi; oʻziga qarata berilgan savollarga javob beradi; berilgan maʼlumotlar, javoblarga tanqidiy munosabat bildira oladi va uni asoslab beradi.
Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; uch bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi; gaplarni oʻqiy oladi hamda rasmga mos kasb egalarini topa oladi; matnda ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; matnni tushunishga yoʻnaltirilgan savollarga javob bera oladi; matnda berilgan maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali xulosalar chiqara oladi.
Yozma nutq: “Agar shifokorlar boʻlmasa” deb boshlanuvchi gaplar tuzib yoza oladi; berilgan mavzu asosida koʻrsatmalarga tayanib, kichik matn yoza oladi; matn xulosasi asosida oʻzidagi 4 ta kamchilikni yoza oladi; oʻqituvchi boʻlish haqida kichik matn tuzib yoza oladi.
Lingvistik bilim: ot soʻz turkumi; oʻzakdosh soʻzlar: oshxona – oshpaz;
-uvchi qoʻshimchasi bilan kasb nomlarini yasash.
Lugʻat boyligi: kasblar, kasb egalariga oid soʻz, soʻz birikmasi va iboralar.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: tengdoshlarining javoblarini tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: uchoq (samolyot) yasash jarayonini soʻzlab beradi, bunda ketma-ketlikka, adabiy talaffuzga rioya qiladi.
Oʻqib tushunish: berilgan savol va topshiriqlar shartini oʻqib tushunadi; tanishgan maʼlumotlaridan topshiriqlarni bajarishda foydalana oladi.
Yozma nutq: berilgan soʻzlarga mos qoʻshimchalardan kasblar nomini yasab yoza oladi; gaplarni davom ettirib yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |