mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet41/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; vizual informatsiyani oʻqigan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; uch bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi; oʻqilgan matn asosidagi toʻgʻri va notoʻgʻri maʼlumotni ajrata oladi; notanish soʻzlarni toʻgʻri oʻqib, maʼnosini lugʻatlardan topa oladi.
Yozma nutq: kitoblar nomi va ijodkorlar ismini farqlab yoza oladi; savol beradi va javoblarni yozib oladi; fikrni gaplar orqali ifodalab yoza oladi.
Lingvistik bilim: ayrim soʻzlarni kontekst orqali aniqlash; oʻzlashma soʻzlar; kitob nomlarining yozilishi.
Lugʻat boyligi: kutubxona bilan bogʻliq soʻz va iboralar.


Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: oʻziga qaratilgan savollarni tushunib, tartibli javob bera oladi.
Ogʻzaki nutq: bilimlariga asoslangan holda aniq mavzudagi maʼlumotlarni tartibli tarzda yetkaza oladi.
Oʻqib tushunish: informativ matnni ravon oʻqiy oladi; matnda berilgan maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali xulosalar chiqara oladi.
Lingvistik bilim: matnda qoʻllangan gaplarning ifoda maqsadiga koʻra turlari.
Lugʻat boyligi: nashriyot, noshirlik.
SOʻZNI TOPIB ISHLATING!
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchida soʻzning qudrati, jozibasi, maʼno nozikliklari haqida yetarlicha tushuncha hosil qilish, soʻzni oʻrinli qoʻllash, nutqni turli maqol va iboralar bilan boyitishga doir bilim va koʻnikmalar hosil qilish.
Tinglab tushunish: mavzuga oid ertakni tinglab tushuna oladi; ertak xulosasini aniqlay oladi; ertakdagi eksplitsit va implitsit maʼlumot yuzasidan savollarga javob bera oladi; ertakdagi bosh qahramon va ikkinchi darajali qahramonlarni farqlay oladi; ertakda aks etgan sabab-oqibatni tushuna oladi, ramziylikni anglay oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm va matn asosida ogʻzaki fikr ifodalay oladi; ochiq ifodalangan maʼlumotlar yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi; ertak haqidagi fikrlarini gapira oladi va fikrlarini asoslay oladi; sheʼr yuzasidan tashkil etilgan muhokamada nuqtayi nazarini ifodalab bera oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling