mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet49/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Tinglab tushunish: navbatda turish odobi haqida rasmlar va savollar asosidagi suhbatni tushuna oladi va aniqlashtirish uchun savollar bera oladi; sheʼrni eshitib, ketma-ketlikni topa oladi; hikoyani tinglagach, matnda ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlar asosida savollarga javob bera oladi; topishmoqlarni tinglab javobini topa oladi; partadoshining hikoyasini tinglab, unga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: navbatda turish odobi haqida rasm va savollar asosida tartibli gapira oladi; berilgan nutqiy vaziyat asosida rasmlardan foydalanib munosabat bildira oladi; mahsulot tayyorlash jarayonini rasmlar ketma-ketligi asosida gapirib bera oladi; sheʼrga sarlavha topib ayta oladi; berilgan nutqiy vaziyat va rasmlar asosida fikr bildira oladi; topishmoq aytish oʻyinida ishtirok etadi va koʻrsatmalarga amal qilib fikr bildira oladi.
Oʻqib tushunish: dialog shaklidagi matnni tushuna oladi; qiyin, notanish soʻzlarni toʻgʻri oʻqiy oladi; ikki xil tanlovdan iborat bir xil mazmundagi matnni oʻqib tushunib, voqelikka munosabat bildira oladi; hikoyadan xulosa chiqara oladi;
kichik matnlarni oʻqiy oladi va ularga mos sarlavhalarni moslashtira oladi; tartibsiz berilgan dialog matnini tartibga keltirib oʻqiy oladi va uning mazmunini tushuna oladi; berilgan oʻyin qoidasini oʻqib tushunadi va koʻrsatmalarga amal qilgan holda oʻyinda ishtirok etadi.
Yozma nutq: matndan tartibni ifodalab kelayotgan soʻz va birikmalarni aniqlab yoza oladi; koʻcha-koʻyda ishlatadigan mulozamat soʻzlarini namuna asosida yoza oladi; xaridorlarga mos sifatlarni yoza oladi; hikoya asosidagi xulosasini yoza oladi; mahsulot tayyorlash jarayonini rasmlar ketma-ketligi asosida yoza oladi; rasmli diktant yoza oladi; rasm asosida koʻrsatmalarga amal qilgan holda hikoya yoza oladi.
Lingvistik bilim: murojaat va mulozamatni ifodalovchi soʻzlar; tartib sonlarning imlosi; dialog va unda tinish belgilari; soʻz turkumlari: ot, sifat, feʼl.
Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar: navbat, tartib, birinchi, ikkinchi, keyin, soʻngra, navbat bilan, oxirida.



Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling