Lingvistik bilim: yil davomida oʻrgangan lingvistik bilimlarini nutqda toʻgʻri qoʻllay oladi.
Lugʻat boyligi: boʻlim va nutqiy mavzular doirasidagi soʻzlar, soʻz birikmalari, ibora, maqol, tez aytish va topishmoqlar.
Nazorat ishi va tahlili (4 soat)
III SINF
MUSTAQILLIK MAYDONI
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchida vatanga boʻlgan muhabbatni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish, mustaqillikning ahamiyatini tushuntirish, vatanparvarlik tuygʻusini hosil qilish, vatanga fidoiylikning natijalari, buning ijtimoiy ahamiyati haqida tasavvur uygʻotish.
Tinglab tushunish: mavzu yuzasidan berilgan savollarni, mavzuga oid matnni eshitib tushuna oladi; vizual informatsiyani tinglangan informatsiya bilan bogʻlay oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm orqali erkin muloqotga kirisha oladi; mavzu haqida berilgan savollarga rasm asosida javob bera oladi; topshiriq boʻyicha rasmni ogʻzaki tasvirlab bera oladi; oʻqilgan matnni qayta bayon qila oladi; ertakdagi voqealarni oʻgʻzaki talqin qila oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; badiiy hamda informativ matnlarning mazmuni haqidagi savollarga javob berib, javoblarini asoslay oladi; vatan haqidagi ertak asosida kontrast(ikki xil tasvirni farqlay oladi)ni tushuna oladi; matnda qoʻllangan fikrlarning sabab-oqibatga koʻra bogʻlanishini tushuna oladi; matnda qoʻllangan soʻz va iboralarning maʼnosini tushuna oladi (qanot boʻlmoq); ertakdagi qahramonlarga taʼrif bera oladi; sheʼrdagi obrazlilikni tushuna oladi.
Yozma nutq: rasmlar asosida berilgan savollarga yozma javob bera oladi; oʻziga yoqqan joyni tasvirlab 4–5 ta gap yoza oladi; ertak matnidan olingan soʻzlar ishtirokida gap tuzib, yoza oladi; informativ matn haqidagi tushunchasini yoza oladi.
Lingvistik bilim: atoqli otlar imlosi; maʼnodosh soʻzlar; qarama-qarshi maʼnoli soʻzlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |