mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet52/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Lugʻat boyligi: matnda qoʻllangan soʻzlar: vatan, yurt, mamlakat, xalq, davlat; obrazli soʻzlar.


GʻAROYIB BOLALAR
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻzidagi gʻaroyib qobiliyat va isteʼdod bilan katta yutuqlarga erishgan vunderkind bolalar haqida maʼlumot berish orqali oʻquvchilarni ilm oʻrganishga targʻib qilish, tengdoshlarining hayotidan ibrat olib yashashga oʻrgatish.
Tinglab tushunish: audiomatn asosida berilgan savollarni tushuna oladi; audiomatndagi maʼlumotlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini farqlay oladi; matn boʻyicha berilgan savollarni tushuna oladi; vizual informatsiyani tinglangan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmlar va qisqa maʼlumotlar asosida ogʻzaki hikoya tuza oladi; matnoldi savollarga mustaqil javob bera oladi; oʻziga qaratilgan savolga javob bera oladi.
Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; berilgan savollarga matn asosida javob bera oladi; matn xatboshilari bilan kichik sarlavhalarni moslashtira oladi; mavzuga oid sheʼrni oʻqib, ajratib koʻrsatilgan soʻzlar bilan ularning izohini moslay oladi; sheʼrdagi oʻxshatish bilan rasmlardagi muvofiqlikni topa oladi.
Yozma nutq: rasm asosida gap tuzib yoza oladi; soʻzlarni ularning izohi bilan moslab yoza oladi; eshitgan, oʻqigan matnlaridagi maʼlum bir qahramonga berilgan yoʻriqnoma asosida maktub yoza oladi.
Lingvistik bilim: fonetika – qator undoshli soʻzlar; olinma soʻzlar; bosh harf bilan va joyga mansublikni ifodalovchi soʻzlar (koreyalik, toshkentlik, fargʻonalik) imlosi; sarlavha; x/h imlosi.
Lugʻat boyligi: olinma soʻzlar, (vunderkind, ajoyib bola…); badiiy hamda informativ matnlarda uchragan yangi soʻzlar.


JAMOAT TRANSPORTI
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarda jamoat transportlari haqida tasavvur hosil qilish, ularni jamoat transporti va boshqa jamoat joylarida oʻzini tutishga doir odob-axloq, xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish, jamoat joylarida toʻgʻri muloqot qilishga oʻrgatish.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling