mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻqib tushunish
- Lingvistik bilim
- Tinglab tushunish
- Ogʻzaki nutq
Tinglab tushunish: multfilmini tinglab/koʻrib tushuna oladi; koʻrib va eshitib qabul qilingan eskplitsit va implitsit maʼlumotlar asosida savollarga javob bera oladi; voqea-hodisaga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: Yer shari va Antarktidada yashovchi jonzotlar tasviri aks etgan rasmlar orqali fikrini izohlab bera oladi; notanish soʻzlarni takrorlash orqali toʻgʻri talaffuz qila oladi; matn asosidagi savollarga asosli va tartibli javob bera oladi; koʻrgan multfilmini gapirib bera oladi; informativ matnni qayta hikoya qilib bera oladi. Oʻqib tushunish: informativ va badiiy matnni ravon va ifodali oʻqiy oladi; matn asosidagi ochiq hamda yopiq ifodalangan maʼlumotlarni topishga qaratilgan savollarga javob bera oladi; sheʼrni ifodali oʻqish va obrazlilikni tahlil qila oladi; sheʼr matni asosida ochiq hamda yopiq ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi. Yozma nutq: hayvon nomlari ishtirokida gap tuzib, yoza oladi; voqea-hodisani gap orqali ifodalay oladi; matnga mos tinish belgilarini toʻgʻri tanlab, yoza oladi; toʻgʻri va notoʻgʻri yozilgan gaplarni farqlab yoza oladi; sheʼr parchasini oʻz soʻzlari bilan ifodalab, yoza oladi; maʼlumot va koʻrsatmalar asosida kichik hikoya yoza oladi. Lingvistik bilim: talaffuz va imlo; soʻzlarning kontekstual maʼnosi; sintaksis; uyushiq boʻlaklar va ularda tinish belgisi. Lugʻat boyligi: Antarktidada yashovchi jonzotlarning nomi, badiiy matnlardagi izohlangan soʻzlar. DUNYO OKEANLARI (6 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: dunyodagi toʻrt – Tinch, Hind, Atlantika, Shimoliy muz okeanlari haqida maʼlumot berish, okeanlarning tabiatdagi oʻrni va vazifasini tushuntirish, global isish oqibatida okeanlar sathining koʻtarilayotgani haqida ogohlantirish, tabiatni asrashga daʼvat etish. Tinglab tushunish: okeanlar haqidagi matnni tinglab tushuna oladi; audiomatnni tinglash jarayonida zarur oʻrinlarni belgilab, qayd etib bora oladi; audiomatnda berilgan notanish soʻzlarni talaffuz qila oladi; informativ uslubda yozilgan audiomatnda ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi. Ogʻzaki nutq: dunyo okeanlari joylashgan xarita haqida yoʻnaltiruvchi savollar orqali gapira oladi; maʼlumotlarni oʻzaro taqqoslay oladi va munosabat bildira oladi; 2 qismli matn tafsilotlarini aniqlashtirishda kim?, nima?, qayerda?, qachon?, nima uchun?, qanday qilib? kabi savollarning mazmunini tushuna oladi va javob bera oladi; munozaraga kirisha oladi. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling