Tinglab tushunish: mavzuga oid audiomatnni tinglab tushuna oladi va savollarga matn asosida javob bera oladi; audiomatn uchun sarlavha tanlay oladi; vizual informatsiyani tinglangan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmlar asosida savollarga javob bera oladi; sheʼr sarlavhasini izohlab gapira oladi; rasm asosida hamda oʻziga qarata berilgan savollarga javob bera oladi; kichik guruhda ishlash jarayonida oʻzaro muloqotga kirisha oladi; rasm asosida oʻtkaziladigan muhokamada oʻz qarashlarini ifodalay oladi.
Oʻqib tushunish: badiiy va informativ matnlarni ravon oʻqiy oladi; hayotiy qoidalarni oʻqib tushuna oladi; rasmlar bilan qoidalar oʻrtasidagi muvofiqlikni topa oladi; ertakda aks etgan sabab-oqibatni tushuna oladi, ramziylikni anglay oladi; matnda berilgan maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali xulosalar chiqara oladi.
Yozma nutq: rasmni tasvirlab va maʼlumotlarni tasniflab yoza oladi; berilgan mavzuda matn tuzib, yoza oladi; vizual informatsiyani tinglangan matniy informatsiya bilan bogʻlab yoza oladi.
Lingvistik bilim: yemoq feʼlining maʼnolari; narsa va harakatni bildiruvchi soʻzlar; ayrim soʻzlarning kontekstual maʼnolari; ibora.
Lugʻat boyligi: nonushta, tushlik, kechki ovqat, nafs, yemoq kabi soʻzlar hamda mavzuga oid iboralar.
VITAMINLAR
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: vitaminlarning inson salomatligiga taʼsiri, vitaminga boy mahsulotlar va ularni isteʼmol qilishga doir koʻrsatmalar, bolalar salomatligi uchun eng muhim boʻlgan vitamin turlari haqida maʼlumot berish.
Tinglab tushunish: savollarga berilgan javoblarni eshitib tushuna oladi va ularga munosabat bildira oladi; vizual informatsiyani matniy informatsiya bilan bogʻlab fikr bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmda tasvirlangan mahsulotlar hamda vitamin nomlarini oʻzaro bogʻlab, gapira oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi; ertak qahramonlariga mustaqil tavsif bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |