Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab tushuna oladi; audiomatn yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi, matn mazmuni asosida oʻz xulosasini ayta oladi; vizual informatsiyani tinglangan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi.
Ogʻzaki nutq: berilgan suv havzalarini tasvirlab gapira oladi, bunda oldingi bilimlaridan foydalana oladi; qahramonlarni tasvirlab bera oladi; ertakdagi voqelik bilan insonlar oʻrtasidagi munosabatlarni integratsiya qila oladi.
Oʻqib tushunish: matnni ifodali va ravon oʻqiy oladi; matnni qismlarga ajrata oladi; kichik sarlavhalar bilan matn qismlarini moslay oladi; sheʼrga sarlavha tanlay oladi; bir mavzuda yozilgan ikkita sheʼrni taqqoslab, izohlab bera oladi; matnda qoʻllangan fikrlarning sabab-oqibatga koʻra bogʻlanishini tushuna oladi.
Yozma nutq: soʻzlarni qatnashtirib, gap tuzib, yoza oladi; boʻsh oʻrinlarni mos soʻz va qoʻshimchalar bilan toʻldirib, yoza oladi; ertakdagi voqelik bilan insonlar oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalab yoza oladi.
Lingvistik bilim: darak, soʻroq va buyruq gaplar, ularda tinish belgilari; soʻzning oʻz va koʻchma maʼnosi (“daryo”), badiiylikni yuzaga keltiruvchi ifodalar (ibora, oʻxshatish…).
Lugʻat boyligi: ariq, daryo, koʻlmak, koʻl, anhor, hovuz, dengiz, okean.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: muhokama jarayonini kuzatib, ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: matn yuzasidan navbat bilan gapira oladi; mavzu doirasida olgan maʼlumotlarini hayotga bogʻlab gapira oladi.
Oʻqib tushunish: yozuv taxtasidagi topshiriq va mashq shartlarni oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq: berilgan topshiriq asosida doʻstiga 3 ta tavsiya yoza oladi.
Lingvistik bilim: soʻzlarning lugʻaviy maʼnosi.
Lugʻat boyligi: nutqiy mavzu doirasidagi soʻz va iboralar.
SALOMATLIK GAROVI
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: toʻgʻri va sifatli ovqatlanishning inson salomatligidagi ahamiyati haqida maʼlumot berish, toʻgʻri ovqatlanishga doir koʻrsatmalar berish, oʻzbek milliy taomlari bilan tanishtirish, ovqatlanishga doir odob-axloq qoidalarini oʻrgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |