mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet53/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Tinglab tushunish: audiomatnidan ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; savollarga berilgan javoblarni eshitib tushuna oladi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmlar asosida berilgan savollarga tartibli javob bera oladi; berilgan savolga shaxsiy kuzatuvlari asosida munosabat bildira oladi; mavzuga aloqador hayotiy vaziyatlar aks etgan rasmlarni izohlab, gapirib bera oladi; yaxshi va yomon holatlar haqida gapira oladi; berilgan yoʻnalish orqali boriladigan manzilni chizma va rasmlar asosida gapirib bera oladi.
Oʻqib tushunish: ikki qismli matnni ravon oʻqiy oladi; hikoyaning davomini taxmin qila oladi; matnda ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; sheʼrni ifodali oʻqib undagi obrazlilikni tahlil qila oladi; sheʼrdagi bosh qahramonni topa oladi.
Yozma nutq: oʻqilgan matn asosida savol tuzib, yoza oladi; jamoat transportida oʻzini tutish haqida doʻstiga tavsiya yoza oladi; matn asosida uchta nasihatni tartib bilan yoza oladi; nutqiy vaziyatga mos gaplar tuza oladi; berilgan yoʻnalish orqali manzilga borish haqida yoza oladi.
Lingvistik bilim: olinma soʻzlar; soʻzning oʻz va koʻchma maʼnosi; soʻroq gaplar; darak gaplar; buyruq gaplar.
Lugʻat boyligi: jamoat transportlari nomlari, badiiy hamda informativ matnlarda uchragan yangi soʻzlar.


Mustahkamlash darsi (1 soat)


Tinglab tushunish: mustahkamlashga qaratilgan savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: matn yuzasidan berilgan savollar asosida navbat bilan gapira oladi; matnga tayanib qayta xotirlagan voqeaga munosabat bildira oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: xattaxtadagi mashq va topshiriqlarni oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq: jamoat transportidagi oʻrinli va oʻrinsiz holatlarni farqlab yoza oladi; oʻzining tasavvurini yozma shaklda ifodalay oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling