Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: mavzular haqidagi suhbatni tinglagach, unga oʻz munosabatini bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: mavzular haqida rasmlar va savollar asosida tartibli gapira oladi.
Oʻqib tushunish: test savollarini oʻqib tushungach, oʻrgangan maʼlumotlari asosida javobini aniqlay oladi; turli matnlardan olingan parchalarni oʻqib tushungach, ulardagi oʻxshashlikni topa oladi.
Lingvistik bilim: gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari.
Lugʻat boyligi: dakki soʻzining turli kontekstlarda berilishi.
XII BOʻLIM. OʻQUV YILI OXIRIDA TAKRORLASH
(8 SOAT)
Ushbu soatlarda oʻquvchining yil davomida olgan oʻqib, eshitib tushunish, ogʻzaki va yozma nutqqa oid bilim, koʻnikma va malakalari sinovdan oʻtkaziladi. Sinov natijalari asosida qoʻshimcha taʼlimiy ishlar amalga oshiriladi.
Tinglab tushunish: sinfdoshlari tuzgan ogʻzaki hikoyani tinglab tushungach, ularga munosabat bildira oladi; sheʼrni tinglab tushunib savollarga javob bera oladi; sheʼrdagi tasvir bilan rasmdagi tasvir mosligini aniqlay oladi; sheʼrdagi qahramonlar tarkibini aniqlay oladi; tinglangan monologik nutq va suhbatdan soʻzlovchining asosiy gʻoyasini ajrata oladi hamda zarur oʻrinlarni qayd qila oladi.
Ogʻzaki nutq: berilgan rasmlar ketma-ketligida ogʻzaki hikoya tuza oladi va adabiy talaffuz qoidalari asosida gapirib bera oladi; tuzgan hikoyasiga sarlavha topa oladi; tez aytish musobaqasida soʻzlarni aniq talaffuz qila oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida aniqlashtirish uchun savollar bera oladi; sheʼrlarni yoddan, ifodali hamda ravon aytib bera oladi.
Oʻqib tushunish: badiiy hamda informativ matnlarni ravon hamda ifodali oʻqiy oladi; matnni oʻqib, uning mazmuni qaysi maqolga mosligini aniqlay oladi; voqeband matnda berilgan ochiq hamda yopiq maʼlumotlarni topa oladi; topishmoq aytish musobaqasida qatnashib, javoblarni maʼlum belgilarga asoslangan holda topa oladi; koʻrsatma va rasmli tanlovlar asosida yozgi taʼtil rejasini tuza oladi.
Yozma nutq: tuzgan hikoyasidan eng muhim deb bilgan bitta xulosani yoza oladi; sheʼrni oddiy gaplarga aylantirib yoza oladi; berilgan mavzu asosida oldin egallagan bilimlariga tayangan holda ijodiy matn yoza oladi; topishmoq yoza oladi; taʼtil rejasi tuzib yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |