mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Mustahkamlash darsi (1 soat)


Download 104.42 Kb.
bet46/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: mavzu doirasidagi savol-javoblarni eshitgach, ularni tahlil qila oladi.
Ogʻzaki nutq: notanish soʻzlarni talaffuz qila oladi; sinfdoshlarining nutqiga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi va notanish soʻzlarni izohli lugʻatdan aniqlay oladi; rasm va matn aloqadorligini tushunadi va savollarga javob bera oladi.
Lingvistik bilim: rang-tus, shakl-shamoyilni ifodalovchi soʻzlar.
Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar; natyurmort.


BOLALAR QOʻSHIQLARI
(7 soat)


Nutqiy mavzuning gʻoyasi: milliy bolalar qoʻshiqlari va ohanglari bilan tanishtirish, qoʻshiqlarning kayfiyatni koʻtarish, hordiq chiqarish hamda nutqni ravon qilishdagi ahamiyatini koʻrsatib berish.
Tinglab tushunish: birgalikda ijro etilgan qoʻshiq matnini tushuna oladi; qoʻshiqni tinglagach, uni birgalikda ijro eta oladi, mazmunini tushuna oladi; tinglangan qoʻshiq va rasm aloqadorligini topa oladi; “Alla” qoʻshigʻini tinglaydi va mazmunini tushuna oladi; sinfdoshi oʻrganib kelgan qoʻshiqni eshitib va uni yodlay oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmdagi hayvonlar qanday tovush chiqarishini ayta oladi; birgalikda qoʻshiq ijro eta oladi; rasm va sheʼr muvofiqligini sharhlay oladi; xalq oʻyinlaridan birini birgalikda oʻynaydi va ijro qila oladi; holatga va tovushga taqlid soʻzlarni ayta olishga oid oʻyinda ishtirok etadi; kattalardan oʻrganib kelgan qoʻshigʻini aytib bera oladi.
Oʻqib tushunish: sheʼrni oʻqiy oladi va undan ovozga taqlid soʻzlarni aniqlay oladi; qoʻshiq va sheʼrlar matnini oʻqib tushunadi, savollarga matnga asoslangan holda javob bera oladi; badiiy hamda informativ matnlarda ochiq ifodalangan maʼlumotlar (qahramonlar, faktlar, detallar)dan savol berilganda javob beradi hamda javobini asoslab bera oladi.
Yozma nutq: ovozga taqlid soʻzlarni yoza oladi; rasmlar va holatga taqlid soʻzlarni moslashtirib yoza oladi; eshitgan tovushlarini yozuvda ifodalay oladi; taqlid soʻzlar ishtirokida gaplar tuzib yoza oladi; oila aʼzolaridan toʻplagan maʼlumotlari asosida yoza oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling