mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet42/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Oʻqib tushunish: matnni ravon va ifodali oʻqiy oladi; matndagi notanish soʻzlarni izohi bilan moslay oladi; vizual informatsiyani oʻqigan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; ikki xil matnni oʻqiy oladi hamda ulardagi gʻoyani aniqlay oladi; sheʼrdagi obrazlilikni aniqlab tahlil qila oladi.
Yozma nutq: gaplarni mos soʻzlar bilan toʻldirib yoza oladi; vaziyatlardan birini tanlab xat yoza oladi, punktuatsiya va imlo qoidalariga rioya qiladi.
Lingvistik bilim: soʻzlarning neytral va uslubiy boʻyoqdor maʼnolari; soʻzdan foydalanish, muloqot odobi, murojaat va mulozamat soʻzlari (rahmat, iltimos, sogʻ boʻling kabi); undalma; qoʻshma soʻzlar; sarlavha; koʻchirma gap.
Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar.


Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlari yozgan xatni eshitish hamda tahlil qila oladi.
Ogʻzaki nutq: muhokama jarayonida mustaqil ishtirok etadi hamda oʻz xulosasini ayta oladi.
Oʻqib tushunish: sheʼrni ifodali oʻqiy oladi hamda undan yashiringan soʻzni topa oladi; partadoshi yozgan xatni oʻqiy oladi va unga munosabat bildira oladi.
Yozma nutq: toʻgʻri yozilgan gaplarni aniqlay oladi.
Lingvistik bilim: tinish belgilari; undalma.


Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar.


Nazorat ishi va tahlili (2 soat)


IX BOʻLIM. TARIX XAZINALARI
(15 soat)


SAMARQAND – TARIX BESHIGI
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchiga Samarqand shahri, umuman, Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari haqida atroflicha maʼlumot berish, ularda ona Vatanga nisbatan iftixor tuygʻusini uygʻotish, Oʻzbekistonning turistik imkoniyatlari haqida muayyan darajada maʼlumot berish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab tushungach, hikoya xulosasini ayta oladi; matndan narsa nomlarini ajrata oladi (non, suv); sinfdoshlari yod olib aytgan sheʼrdagi ohangni farqlay oladi, ular ijrosiga baho bera oladi; qofiyadosh soʻzlarni aniqlay oladi.
Ogʻzaki nutq: davlat va shahar nomlarini toʻgʻri talaffuz qila oladi; rasm va matn aloqadorligi asosida ogʻzaki fikr ifodalay oladi; sheʼrni yoddan ifodali qilib aytib bera oladi; soʻzlar bilan rasmlar muvofiqligini topib ayta oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling