mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet44/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Nutqiy mavzuning gʻoyasi: yozuvning tarixi haqida maʼlumot berish orqali uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan oʻrnini koʻrsatib berish, yozuvning turlari haqida maʼlumot berish, turli belgi va suratlar ham yozuv boʻlishi mumkinligi haqida bilim hosil qilish.
Tinglab tushunish: harflar haqidagi audiomatnni tinglab tushuna oladi hamda matn asosida berilgan savollarga asosli javob bera oladi; tinglagan ertagidan oʻziga yoqqan gaplardan 3 tasini ajrata oladi; sinfdoshi aytgan soʻzni eshitib tushunadi va oxirgi boʻgʻini ishtirokida yangi soʻz topib ayta oladi (maktab-tabriknoma-madadkor).
Ogʻzaki nutq: rasmlarda aks etgan tasvirlar asosida bogʻlanishli nutq tuza oladi; oʻzlashma soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi (iyeroglif, finikiy); h va x tovushlarini farqlab, toʻgʻri talaffuz qila oladi; belgilarni izohlab gapirib bera oladi.
Oʻqib tushunish: turli belgilarni oʻqiy oladi va maʼnosini taxmin qila oladi; qadimiy yozuv matnini oʻqiy oladi va oʻzining variantiga taqqoslay oladi; informativ matnni ravon oʻqiy oladi va matn qismlarini sarlavhalar bilan moslashtira oladi; matndagi kalit soʻzni berilgan variantlar ichidan aniqlay oladi; sheʼrni ifodali oʻqiy oladi va obrazlilikni tahlil qila oladi, qofiyani aniqlay oladi; didaktik oʻyin shartini oʻqib tushunadi va oʻyinda ishtirok etadi.
Yozma nutq: berilgan kalit soʻzlar va rasmlar asosida voqeaviy matn tuza oladi; chunki, va, lekin, shuning uchun, balki bogʻlovchilarini yozma nutqda qoʻllay oladi; h va x tovushlarini farqlab, toʻgʻri yoza oladi; belgilar ifodalayotgan maʼnoni aniqlab yoza oladi.
Lingvistik bilim: grafika (yozuvlar); gap va uning belgilari: tugallangan fikr, soʻz va soʻzlarning oʻzaro bogʻlanishi, bosh harf bilan yozilishi; fikrni davom ettirish va ikki fikrni bir-birga bogʻlovchi vositalar (“va”, “shuning uchun”, chunki soʻzlari); h va x tovushlari; boʻgʻin; soʻz yasalishi.
Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar.



Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling