mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozma nutq
- Mustahkamlash darsi (1 soat) Tinglab tushunish
- Tinglab tushunish
Oʻqib tushunish: dialogni rolga kirib oʻqiy oladi; rasmlar va dialog matni bogʻliqligini anglay oladi; matndagi kalit soʻzlarni topa oladi; matndagi ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlar asosida topshiriqlarni bajara oladi; sheʼrni ifodali oʻqiy oladi va undagi obrazlilikni tahlil qila oladi.
Yozma nutq: matn mazmunini ochib beruvchi soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; tinish belgilarini qoʻllashga oid gaplar tuzib yoza oladi; berilgan qolip asosida maʼlumotnoma yoza oladi; ijodiy matn yoza oladi. Lingvistik bilim: dialog; nuqta, soʻroq va undov belgilari; sinonim soʻzlar (quyosh, oftob, kun); maʼlumotnoma; sifat soʻz turkumi. Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻz va birikmalar. Mustahkamlash darsi (1 soat) Tinglab tushunish: mustahkamlashga qaratilgan savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunadi va ularga munosabat bildira oladi. Ogʻzaki nutq: quyosh harakatiga qarab kun qismlarining nomini ayta oladi. Oʻqib tushunish: dialogni oʻqiy oladi va tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlay oladi. Yozma nutq: tinish belgilarini qoʻyib, matnni koʻchirib yoza oladi. Lingvistik bilim: punktuatsiya; his-hayajonli gaplar. Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻz va birikmalar. VIII BOʻLIM. TIL VA DIL (16 soat) SHAXSIY KUTUBXONA (6 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: shaxsiy kutubxona haqida maʼlumot berish orqali oʻquvchilarni kitobxonlikka targʻib qilish, kitob insonning moddiy va maʼnaviy hayotida muhim oʻrin tutishini taʼkidlash, shu yoshdagi bolalar oʻqishi kerak boʻlgan asar boʻyicha tavsiyalar berish. Tinglab tushunish: kutubxona bilan bogʻliq audiomatnni tinglagach, eshitib qabul qilingan eskplitsit va implitsit maʼlumotlar asosida savollarga javob bera oladi; taassurotlarini aytib bera oladi; savollarga berilgan javoblarni eshitib, ularga munosabat bildira oladi. Ogʻzaki nutq: rasmlar asosida muloqotga kirishish; shaxsiy kutubxonalar rasmiga qarab savollarga javob bera oladi; shaxsiy kutubxonaning jamoat kutubxonalaridan farqini izohlab bera oladi; notanish soʻzlarni izohi bilan mosligini aniqlay oladi; orzusidagi bolalar kutubxonasini ogʻzaki va rasm orqali tasvirlab bera oladi; doʻstining ijodiga baho bera oladi. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling