Lingvistik bilim: vaqtga oid til birliklari; -li/-siz qoʻshimchalari; soʻroq olmoshlari; qoʻsh undoshli soʻzlar; son soʻz turkumi.
Lugʻat boyligi: vaqtga oid soʻz va birikmalar, maqollar, iboralar.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlarining nutqini tinglab ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: vaqt mavzusida oʻrganganlari asosida gapira oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan savol va topshiriqlar shartini oʻqib tushunadi; tanishgan maʼlumotlaridan topshiriqlarni bajarishda foydalana oladi.
Yozma nutq: oʻqigan sheʼr va maqollari asosida vaqtni taʼriflab gaplar tuzib yoza oladi; rasm asosida hikoya yoza oladi.
Lingvistik bilim: soʻroq olmoshlari.
Lugʻat boyligi: vaqtga oid soʻz va birikmalar, maqollar, iboralar.
Nazorat ishi va tahlili (2 soat)
VII BOʻLIM. FAN VA TEXNOLOGIYALAR
(23 soat)
ROBOT IXTIRO QILAMAN
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchiga robotlar va zamonaviy “aql”li qurilmalar haqida atroflicha maʼlumot berish, bu qurilmalarning sanoatdagi oʻrni va ahamiyatini koʻrsatib berish, texnika xavfsizligiga doir koʻnikmalarni hosil qilish.
Tinglab tushunish: robotlar haqidagi audiomatnni tinglab, matn yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi, matn mazmuni asosida oʻz xulosasini ayta oladi; matndan olingan fikrni toʻldira oladi; eshitgan maʼlumotlarini mazmunni anglagan holda guruhlay oladi; oʻziga qaratilgan savolni tushunib javob bera oladi.
Ogʻzaki nutq: notanish soʻzlarni takrorlash orqali toʻgʻri talaffuz qila oladi; robotlar bajaradigan vazifalar haqida rasm asosida gapira oladi; gapirish jarayonida har bir detal va tasvirga eʼtibor qarata oladi; robotlar haqida koʻrgan multfilm yoki kinosi haqida gapira oladi; odamlar va robotlarni qiyoslab gapira oladi; rasm asosida berilgan savollar ketma-ketligida hikoya tuzib, uni gapirib bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |