Lingvistik bilim: yuklama; bogʻlovchi; ot soʻz turkumi.
Lugʻat boyligi: kasblar, kasb egalariga oid soʻz, soʻz birikmasi va iboralar.
Nazorat ishi va tahlili (2 soat)
VI BOʻLIM. YOSH IQTISODCHI
(22 soat)
QUVNOQ FERMA
(9 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchiga fermer xoʻjaliklari haqida atroflicha maʼlumot berish orqali qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va dehqonchilik turlari, bu sohalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati haqida atroflicha tushuncha hosil qilish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglash va hikoyadagi qahramonlarni ajrata oladi; hikoyada boʻlib oʻtgan voqealar ketma-ketligini aniqlay oladi; maʼlumotlarning toʻgʻriligini aniqlay oladi; soʻzlovchi nutqidagi ohangga tayanib soʻroq, darak, buyruq hamda his-hayajon gaplarni farqlay oladi.
Ogʻzaki nutq: eshitgan hikoyasi, berilgan nutqiy vaziyat asosida oʻz gʻoyalarini aytib bera oladi; matn asosidagi savollarga asosli va tartibli javob bera oladi; uy hayvonlariga atab nom topib qoʻya oladi; sheʼrni yoddan ifodali aytib beradi; berilgan mavzu doirasida loyiha tuzib gapirib bera oladi, loyihani chizma yoki rasm koʻrinishida ifodalay oladi.
Oʻqib tushunish: matnni ifodali va ravon oʻqiy oladi; matnda ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; vizual informatsiyani matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; sheʼrga sarlavha qoʻya oladi; matndan olingan parchani oʻqiy oladi va dialoglardagi suhbatdoshlarni aniqlay oladi; sheʼrni ifodali oʻqiy oladi va undagi obrazlarni tahlil qila oladi; uch bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi.
Yozma nutq: hayvon va parrandalarni farqlab yoza oladi; audiomatn asosida berilgan savolga javob yoza oladi; uy hayvonlariga atab nom qoʻyib yoza oladi; tuzgan loyihasi asosida matn tuzib yoza oladi.
Lingvistik bilim: atoqli otlar; sifat soʻz turkumi; dialog; qarama-qarshi maʼnoli soʻzlar, ularning maʼnosi; maʼnodosh soʻzlar; uyadosh soʻzlar; iboralar; shevaga xos soʻzlar (doda-bobo).
Lugʻat boyligi: ferma, fermer, uy hayvonlari va hayvon bolalarining nomlari; iboralar.
Do'stlaringiz bilan baham: |