mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet31/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Oʻqib tushunish: informativ va badiiy matnlarni ravon, ifodali oʻqiy oladi; matnda ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; matn asosida jismoniy harakatlarni toʻgʻri bajara oladi; rasmlarda ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; sheʼrdagi obrazlarni tahlil qila oladi; chizma va rasmlarni tushunadi va ularni izohlay oladi; nasr va nazmni farqlay oladi.
Yozma nutq: bosh va gavda qismlaridagi tana aʼzolarini farqlab yoza oladi;
sheʼrda oʻqiganlari asosida fikrini yoza oladi; sheʼr mazmunini saqlagan holda oʻz soʻzlari bilan yoza oladi.
Lingvistik bilim: ohangdosh soʻzlar; sanoq sonlar; buyruq gaplar; iboralar. Lugʻat boyligi: inson tanasi qismlari nomi; “qulogʻi yoʻq”, “quloqsiz”, “koʻzingga qara” iboralari.


Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: tengdoshlarining javoblarini tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: partada toʻgʻri va notoʻgʻri oʻtirish qanday boʻlishini rasmdagi izoh asosida aytib beradi, bunda avval oʻrgangan maʼlumotlaridan foydalana oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan savol va topshiriqlar shartini oʻqib tushunadi; boʻsh oʻrinlarni qoʻyish uchun berilgan soʻzlar asosida toʻldirib oʻqiy oladi; informativ matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlar asosida berilgan savollarga javob bera oladi.
Yozma nutq: matndagi boʻsh oʻrinlarga mos soʻzlarni qoʻyib toʻldirib yoza oladi.
Lingvistik bilim: sanoq sonlar; buyruq gaplar.
Lugʻat boyligi: matndagi soʻz va iboralar.
V BOʻLIM. KASBIM – FAXRIM
(24 soat)


HUNAR – HUNARDAN UNAR
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: hunarmandchilik, hunar turlari haqida atroflicha maʼlumot berish, milliy hunarmandchilikning oʻziga xos jihatlari, anʼanalari bilan, oʻzbek hunarmandchiligini tarixiy hamda hududiy jihatdan tanishtirish.
Tinglab tushunish: hunarmandlar haqidagi audiomatnni tinglab tushunadi va savollarga javob beradi; audiomatn hamda hunarmandlarning hududlardagi joylashuvi haqidagi xaritani izohlab bera oladi; eskplitsit va implitsit maʼlumotlar asosida savollarga javob beradi.
Ogʻzaki nutq: hunarmandlar aks etgan rasmlar asosida gapirish; rasm asosida hamda oʻziga qarata berilgan savollarga javob beradi; hunarmandchilikka oid buyumlar nomini ayta oladi; sheʼr matni asosida berilgan savollarga javob bera oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling