mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet39/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Oʻqib tushunish: ixtiro nima ekanini izohdan oʻqib tushuna oladi; besh bosqichli topshiriq shartini oʻqib tushuna oladi; matn asosida ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarga asoslangan savollarga javob bera oladi; rasmdagi narsalarning oʻxshash jihatlarini topa oladi; yoʻriqnoma asosida loyiha tuza oladi.
Yozma nutq: namuna asosida ixtirolarning maqsadini yoza oladi; rasmdagi narsalar nomini toʻgʻri yoza oladi; rasmdagi narslarni oʻxshash jihatlarini topib yoza oladi; berilgan koʻrsatma asosida xat yoza oladi.
Lingvistik bilim: narsalarning nomini bildiruvchi soʻzlar; chunki bogʻlovchisi; sinonim soʻzlar; boʻlishi mumkin, boʻlsa kerak birikmalari; oʻzlashma soʻzlar.
Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻz va birikmalar.


Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlarining nutqini tinglagach, ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmlarga qarab robotlarning nima maqsadda yaratilganligi haqida gapira oladi; berilgan nutqiy vaziyat asosida rasmlardan foydalanib gapira oladi.
Oʻqib tushunish: toʻrt bosqichli topshiriq shartini oʻqib tushuna oladi; tanishgan maʼlumotlaridan topshiriqlarni bajarishda foydalana oladi.
Yozma nutq: gaplarni davom ettirib yoza oladi.
Lingvistik bilim: punktuatsiya.
Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻz va birikmalar.
QUYOSH – QUVVAT MANBAI
(6 soat)


Nutqiy mavzuning gʻoyasi: Quyoshning Yerdagi hayot, umuman, koinotdagi ahamiyatini koʻrsatish, quyosh nurining muhim hayotiy manba – oʻsimliklar va jonzotlarga energiya berishini tushuntirish, muqobil energiya – zamonaviy quyosh panellari bilan tanishtirish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab tushunadi va rasmlarni maʼlumotlar ketma-ketligida aniqlay oladi; matndagi ochiq hamda yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; matnda berilgan notanish soʻzlarni talaffuz qila oladi; hikoya aytuvchining kim ekanini taxmin qila oladi; matn va u bilan bogʻliq vizual maʼlumotni solishtira oladi.
Ogʻzaki nutq: audiomatn asosidagi rasmlarni tasvirlab gapira oladi; matn oldi savollar asosida suhbatlasha oladi; bilimlariga asoslangan holda aniq mavzudagi maʼlumotlarni tartibli tarzda yetkaza oladi; sheʼrni yoddan ifodali aytib bera oladi; partadoshi bilan hamkorlikda amaliy ish bajara oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling