mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet29/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Lingvistik bilim: matn sarlavhasi va ruknlarni farqlash; bosh harflar imlosi; o harfining ayrim oʻzlashma soʻzlarda kabi talaffuz qilinishi (mikrob-mikroʻb); oʻzlashma soʻzlar; sifat (tekinxoʻr); fikrni dalillash uchun gaplarni oʻzaro bogʻlashga oid til birliklari (chunki, shuning uchun); ilmiy matnlarda ishlatiladigan maxsus soʻzlar (atamalar) maʼnosini kontekstdan va maxsus lugʻatlardan topish.
Lugʻat boyligi: mavzuga oid notanish va oʻzlashma soʻzlar, iboralar (bakteriya, mikrob, mikroskop, kasallik nomlari).


Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: oʻzlashma soʻzlar talaffuzini tinglab farqlay oladi; savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: berilgan soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; virus haqida bilganlarini aytib bera oladi; maʼlumotlar asosida ketma-ketlikda ogʻzaki fikr ifodalay oladi.
Oʻqib tushunish: nutqiy mavzular asosida berilgan savol va topshiriqlar shartini oʻqib tushunadi.
Yozma nutq: oʻzlashma soʻzlarni yoza oladi.
Lingvistik bilim: nutqiy mavzu doirasidagi lingvistik bilimlar.
Lugʻat boyligi: mavzu doirasidagi soʻz va iboralar.


FOYDALI NONUSHTA
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: taomlar hamda taomlanish odobi haqida bilim va koʻnikmalar hosil qilish, kun tartibida taomning oʻrni, oʻz vaqtida taomlanishning salomatlikka va taʼlimiy jarayonlarga taʼsiri haqida foydali maʼlumotlar berish.
Tinglab tushunish: ertakdagi eksplitsit va implitsit maʼlumot yuzasidan savollarga javob bera oladi; ertakdagi bosh qahramon va ikkinchi darajali qahramonlarni farqlay oladi; ertakda aks etgan sabab-oqibatni tushuna oladi, ramziylikni anglay oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmlarga qarab ertak qahramonlarini taniy oladi, nomini ayta oladi, ular bilan bogʻliq voqealarni eslab ayta oladi; informativ matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlar boʻyicha berilgan savolga javob beradi hamda javobini asoslab bera oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida aniqlashtirish uchun savollar bera oladi.
Oʻqib tushunish: badiiy va informativ matnlarni ravon oʻqiy oladi; ertakdagi bosh qahramon va ikkinchi darajali qahramonlarni farqlay oladi; ertakda aks etgan sabab-oqibatni tushunadi; vizual informatsiyani matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; sheʼrdagi soʻzlar va izohlarni moslay oladi; badiiy matndagi voqealar ketma-ketligini toʻgʻri belgilay oladi.
Yozma nutq: audiomatnda eshitgan gaplarida yoʻl qoʻyilgan imloviy va punktuatsion xatolarni toʻgʻrilab yoza oladi; nonushta uchun taomnoma yoza oladi; tengdoshiga ovqatlanish uchun tavsiyalar yoza oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling