mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet43/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Oʻqib tushunish: oʻyin qoidasini oʻqib tushunadi va unda mustaqil ishtirok eta oladi (davlatlar va shaharlarni farqlash); informativ matnni oʻqib tushunadi hamda ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning izohini lugʻatdan topa oladi; matn asosidagi ochiq hamda yopiq ifodalangan maʼlumotlarni topishga qaratilgan savollarga javob bera oladi; sheʼr mazmuni hamda qofiyalari asosida shahar va viloyatlarning nomini topa oladi.
Yozma nutq: rasmli diktant yoza oladi; koʻplikda qoʻllanadigan narsa nomlarini bildiruvchi soʻzlar ishtirokida 3 ta gap yoza oladi; yoʻriqnoma asosida sayyohni Samarqand boʻylab sayr qildirish tafsilotini yoza oladi; sheʼr matnida tushirib qoldirilgan shahar va viloyat nomlarini yoza oladi, ular ishtirokida gap tuzib yoza oladi; sheʼr matni asosida jadvalni toʻldirib yoza oladi; 4 bosqichli koʻrsatma asosida berilgan yoʻriqnomadan foydalangan holda doʻstiga xat yoza oladi.
Lingvistik bilim: soʻz oxirida kelib, ogʻzaki nutqda tushib qoladigan undoshlar imlosi (masalan, d-t, b-p, z-s…); sinonim soʻzlar; ot soʻz turkumi; -lar qoʻshimchasi; atoqli otlar.
Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar (shahar va davlat nomlari, qadimgi, sayqal).
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlari yozgan xatni eshitadi hamda ularni tahlil qila oladi.
Ogʻzaki nutq: partadoshi yozgan xatga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan savol va topshiriqlar shartini oʻqib tushuna oladi; tanishgan maʼlumotlaridan topshiriqlarni bajarishda foydalana oladi.
Yozma nutq: soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; -lar qoʻshimchasini toʻgʻri qoʻllab yoza oladi; xat yoza oladi yoʻriqnomasidan oʻrganganlari asosida doʻstiga xat yoza oladi.
Lingvistik bilim: soʻz oxirida kelib, ogʻzaki nutqda tushib qoladigan undoshlar; -lar qoʻshimchasi.
Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar.


YOZUVNI KIM IXTIRO QILGAN?
(7 soat)

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling