mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻqib tushunish
- Lugʻat boyligi
- Tinglab tushunish
- Ogʻzaki nutq
- Oʻqib tushunish
- Lingvistik bilim
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: mavzu doirasidagi maʼlumotlarni eshitgach, ularni tahlil qila oladi; tinish belgisiz matnni eshitish orqali nuqtaning oʻrnini aniqlay oladi. Ogʻzaki nutq: sinfdoshlarining nutqiga munosabat bildira oladi; sheʼrni ifodali, taʼsirchan ayta oladi; matndagi gaplarni ohang va mazmunga asoslanib ajrata oladi, gap chegarasini aniqlay oladi. Oʻqib tushunish: sheʼrni ifodali oʻqiy oladi va undagi oʻxshatishlarni aniqlay oladi; sheʼr asosida berilgan savollarga matn asosida javob bera oladi; matnni oʻqiy oladi va tarkibidagi gaplar sonini aniqlay oladi. Yozma nutq: harflarning nimaga oʻxshatilganini aniqlab yoza oladi; matn tarkibidagi gaplar sonini aniqlab yoza oladi. Lingvistik bilim: tinish belgilari; gap. Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar. X BOʻLIM. SANʼAT VA MADANIYAT (18 soat) MOʻYQALAM MOʻJIZASI (7 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: rassomchilik sanʼati haqida maʼlumot berish, rassomchilikning soʻz sanʼati (adabiyot) bilan oʻzaro uygʻun jihatlarini ochib berish, oʻquvchida atrof-muhitni tasvirlash va manzaradan estetik zavq tuyish koʻnikmalarini shakllantirish. Tinglab tushunish: tasviriy sanʼat asarlarini taʼriflashda faol ishlatiladigan soʻzlar talaffuzini tinglab oʻzlashtira oladi; sheʼrni audio shaklida tinglagach, undagi ohang, taʼsirchanlikni anglay oladi; sheʼrdagi obrazlilikni tahlil qila oladi; tinglangan sheʼrga sarlavha qoʻya oladi; partadoshining sheʼrini tinglab, unga munosabat bildira oladi. Ogʻzaki nutq: berilgan rasm va maʼlumotlar asosida musiqa, rasm va sheʼrning oʻxshash va farqli jihatlari haqida gapira oladi; kamalakni tasvirlab gapira oladi; insonlarning tashqi koʻrinishini tasvirlab gapira oladi; sheʼrni adabiy talaffuz meʼyorlari asosida ayta oladi; partadoshi bilan rasm asosida fikrlasha oladi. Oʻqib tushunish: rasm ostidagi maʼlumotlarni oʻqib tushuna oladi hamda tasvirlar bilan aloqadorligini anglay oladi; soʻz va tasvirni moslashtira oladi; matnni oʻqib tushunadi va ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlar asosida savollarga javob bera oladi; topishmoqlarni oʻqiy oladi va javobini topishda qaysi belgilariga eʼtibor qaratish lozimligini tushuna oladi; vizual informatsiyani matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; matn asosidagi tasavvurini rasm orqali ifodalay oladi. Yozma nutq: geometrik shakllarning nomi va soʻzlarga mos keluvchi ranglar nomini yoza oladi; insonlarga xos belgi, xususiyatlar asosida jadvalni toʻldira oladi; antonimlar ishtirokida gaplar tuzib yoza oladi; rasmga qarab yoʻriqnoma asosida sheʼr yoza oladi. Lingvistik bilim: rang-tus, shakl-shamoyilni ifodalovchi soʻzlar; boʻgʻin; antonim soʻzlar. Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar; maqol va topishmoqlar. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling