Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarga sanamalar haqida maʼlumot berish bilan birga ularning nutqini oʻstirish, ravon soʻzlash va hozirjavoblik koʻnikmalarini shakllantirish.
Tinglab tushunish: partadoshi aytgan soʻzni eshitib uning qofiyadosh ekani yoki qofiyadosh emasligini ajrata oladi; savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunib, ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida berilgan savollarga javob bera oladi; qofiyadosh soʻzlarni ajratib ayta oladi; sheʼr matni asosida berilgan savollarga javob bera oladi; partadoshi aytgan soʻzlarga mos qofiyadosh soʻzni ayta oladi; rasmlar ichidan ortiqchasini ajratib, uni ayta oladi; topishmoq ayta oladi.
Oʻqib tushunish: sanama, sheʼr va topishmoqlarni toʻgʻri va ifodali oʻqiy oladi; sanama haqida berilgan maʼlumot matnini tushuna oladi; vizual informatsiyani matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; topishmoqni oson topa oladi; yoʻriqnomani oʻqib tushunib, unga rioya qilgan holda foydalana oladi; matndagi boʻsh oʻrinlarni toʻldira oladi.
Yozma nutq: sheʼrdagi qatorlarni oʻzgartirib sheʼr yoza olish; sheʼrdagi qofiyadosh soʻzlarni yoza olish; tana aʼzolarining nomini va ularga qofiyadosh soʻzlarni topib yoza olish; topishmoqning javobi va uni topishga yordam bergan kalit soʻzni yoza oladi; kattalardan sanama, topishmoq hamda tez aytishlar soʻrab yoza oladi.
Lingvistik bilim: sanoq sonlar, qofiyadosh soʻzlar; tez aytishda tovushlar takrori; topishmoqdagi kalit soʻzlarni aniqlay oladi.
Lugʻat boyligi: matnlarda qoʻllangan soʻz va birikmalarning mazmunini tushunish; sanamalar; topishmoq; tez aytish; “Bekinmachoq”, “Quvlashmachoq”.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: mustahkamlashga qaratilgan savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunib, ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: oʻtilgan mavzular doirasida munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: nutqiy mavzular asosida berilgan savollarni, yozish uchun berilgan topshiriqlar shartini oʻqib tushuna oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |