mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozma nutq
- ERTAKDAGI QAHRAMON (7 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
- Ogʻzaki nutq
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: mustahkamlashga qaratilgan savollarga berilgan javoblarni eshitib tushuna oladi va ularga munosabat bildira oladi. Ogʻzaki nutq: mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapira olish; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi. Oʻqib tushunish: nutqiy mavzular asosida berilgan savollarni, yozish uchun berilgan topshiriqlar shartini oʻqib tushuna oladi. Yozma nutq: berilgan soʻzlarga -im, -li, -siz qoʻshimchalarini qoʻshib xatosiz yoza oladi, ular ishtirokida gaplar tuzib, yoza oladi. Lingvistik bilim: nutqiy mavzu doirasidagi lingvistik bilimlar. Lugʻat boyligi: nutqiy mavzu doirasidagi soʻz va iboralar. Nazorat ishi (1 soat) IV BOʻLIM. SANʼAT VA MADANIYAT (22 SOAT) ERTAKDAGI QAHRAMON (7 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: ertak janri, bu janrning oʻziga xos xususiyatlari hamda adabiy qahramon haqidagi dastlabki tushunchalarni hosil qilish, oʻquvchini oʻzbek xalq ertaklari bilan tanishtirish. Tinglab tushunish: audio shaklidagi ertakni tushunib, ertakdagi standart boshlanish va tugash jumlalarini farqlay oladi; ertakdagi eksplitsit va implitsit maʼlumot yuzasidan savollarga javob bera oladi; ertakdagi bosh qahramon va ikkinchi darajali qahramonlarni farqlay oladi; ertakda aks etgan sabab-oqibatni tushuna oladi; ramziylikni anglaydi; sheʼrni tinglab tushunib, sheʼr oʻqilishi va nasr oʻqilishidagi farqni anglay oladi. Ogʻzaki nutq: rasmlarga qarab ertak qahramonlarini tanib, nomini ayta oladi, ular bilan bogʻliq voqealarni eslab ayta oladi. Oʻqib tushunish: eshitgan ertak matnini oʻqish, savollarga javob bera oladi; ertak boshlanishidagi jumlalarning ketma-ketligini aniqlab, tarkibidagi soʻzlarni farqlay oladi; ertakdagi bosh qahramon va ikkinchi darajali qahramonlarni farqlay oladi; ertakda aks etgan sabab-oqibatni tushuna oladi; ramziylikni anglaydi; ertak mazmuniga koʻra jadval/chizmalar berilgan maʼlumotni tushuna oladi; ertak qahramonlariga berilgan tavsifni tushunib, ertak qahramonlariga mustaqil tavsif bera oladi; sheʼrni ifodali oʻqiydi; sheʼrdagi obrazlarni tahlil qila oladi; oʻzi yozgan ertak asosida kitobcha yasab, ertak mazmuniga mos rasm chizish/applikatsiya tayyorlay oladi. Yozma nutq: ertak boshlanishidagi jumlalarning ketma-ketligini, tarkibidagi soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; jaranglilarning jarangsizlashuvi va tovushning maʼno farqlash xususiyatini aks ettiruvchi, oʻqilgan ertaklarda uchragan soʻzlar misolida tushunib, farqlay oladi. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling