mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozma nutq
- FOYDALI SABZAVOTLAR (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
- Ogʻzaki nutq
- Oʻqib tushunish
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: mustahkamlashga qaratilgan savollarga berilgan javoblarni eshitib tushuna oladi va ularga munosabat bildira oladi. Ogʻzaki nutq: mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapira oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi. Oʻqib tushunish: nutqiy mavzular asosida berilgan savollarni, yozish uchun berilgan topshiriqlar shartini oʻqib tushuna oladi. Yozma nutq: dialogni tinish belgilarini qoʻyib yoza olish; hayvonlarga atab qoʻyilgan nomlarni va ular ishtirokida gaplar tuzib yoza oladi. Lingvistik bilim: nutqiy mavzu doirasidagi lingvistik bilimlarni oʻzlashtira oladi. Lugʻat boyligi: nutqiy mavzu doirasidagi soʻz va iboralar. Nazorat ishi (1 soat) III BOʻLIM. SOGʻ TANDA – SOGʻLOM AQL (24 SOAT) FOYDALI SABZAVOTLAR (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: sabzavotlar va ularning turlari haqida maʼlumot berish, sabzavotlarning foydali xususiyatlari haqida tushuncha bergan holda ularni isteʼmol qilishga targʻib etish. Tinglab tushunish: sabzavotlar va tomorqa mavzusidagi matnda berilgan notanish soʻzlarning talaffuzini oʻzlashtira oladi; audiomatnda berilgan notanish soʻzlarning talaffuzini farqlay oladi; informativ uslubdagi audiomatndagi ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi. Ogʻzaki nutq: rasmdagi narsa va hodisalarni tasvirlay oladi; tasvirni qoʻshimcha detallar bilan boyita oladi; matnda berilgan notanish soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; bilimlariga asoslangan holda aniq mavzudagi maʼlumotlarni tartibli tarzda yetkaza oladi; tutuq belgisining soʻz talaffuziga taʼsirini aniqlay oladi. Oʻqib tushunish: sabzavotlar va tomorqa mavzusida notanish soʻzlarni toʻgʻri oʻqiy oladi, maʼnosini lugʻatlardan topa oladi; aytilishi yozilishi turlicha boʻlgan soʻzlarni toʻgʻri oʻqiy oladi; jadvalni tushuna oladi; sheʼr syujetini tushunib, ohangdosh soʻzlarni ajrata oladi; rasmlarni bilimlar bilan bogʻlay oladi. Yozma nutq: rasmda tasvirlangan harakatni ifodalovchi soʻz va birikmalarni yoza oladi; tutuq belgili soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; aytilishi va yozilishi farqli soʻzlarni yoza oladi; jadvalni maʼlumotlar bilan toʻldira oladi; ohangdoshlikning yozma shaklidagi koʻrinishi; gap kesimi oʻzgartirib, mazmunini saqlab qolgan holda qayta yoza oladi (kalsiy, kaliy va temir moddalariga boyman – pomidor kalsiy, kaliy va temir moddalariga boy); voqealar va harakatlar ketma-ketligi ifodalangan matnni davom ettirib yoza oladi. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling