mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet76/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Nutqiy mavzuning gʻoyasi: insoniyatning tarixiy taraqqiyotida kitobning oʻrni va ahamiyati, kitobxon odamning fazilatlari, kitobxonlikni rivojlantirish, kitobxonlikka targʻib qilish, kitob tanlash, qanday oʻqishga doir tavsiyalar berish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab, matndan olingan gaplarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini ayta oladi; audiomatndan kelib chiqib, yaqin kelajak rejasini izohlay oladi.
Ogʻzaki nutq: maqollarning mazmunini guruhda muhokama qila oladi; rivoyatdan olgan xulosasini aytib bera oladi; kitobni nimalarga oʻxshatish mumkinligini ayta oladi; yaqin kelajakda oʻqiydigan kitobi haqida gapira oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan maqollarni oʻqib, tushuna oladi; badiiy hamda informativ matnlarni ifodali oʻqiy oladi; sheʼrdagi qahramonlarni ajrata oladi; matnda ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning izohini lugʻatdan aniqlay oladi; topishmoqlar javobini hamda ularni topishga yordam berayotgan til birliklarini aniqlay oladi.
Yozma nutq: tinglagan audiomatni asosida kitobning yaxshi ekanligini asoslaydigan gap tuzib yoza oladi; berilgan soʻzlarni izohi bilan moslashtirib, yoza oladi; oʻqigan matni yuzasidan savol tuzib, yoza oladi; berilgan koʻrsatmalar asosida tavsiyaviy matn yoza oladi.
Lingvistik bilim: sifat; tarixiy soʻzlar; leksik birliklar.
Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻz va iboralar ( saltanat, olampanoh, hukmdor; qashshoq, ter toʻkmoq, ulgʻaymoq, mutolaa qilmoq, mintaqa).
ERTAKLAR – YAXSHILIKKA YETAKLAR
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarga ertak janri haqida tushuncha berish, oʻzbek xalq ertaklari va qahramonlari bilan tanishtirish, ertaklardagi oʻziga xos gʻoyaviylikni, mazmunni tushunishga, his qilishga oʻrgatish.
Tinglab tushunish: ertak va oddiy matnning farqini izohlay oladi; audiomatnni koʻrib/tinglab rasm bilan muvofiqligini anglay oladi; ertak qahramoniga xos sifatlarni farqlay oladi; ertakdagi eksplitsit va implitsit maʼlumot yuzasidan savollarga javob bera oladi; sinfdoshlari nutqini tinglab, ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: ertakdan berilgan lavhalarni koʻrib, munosabat bildira oladi; qahramonlarga xos sifatlarni aytib, ertak matni asosida izohlab bera oladi; berilgan koʻrsatma asosida oila aʼzolari bilan suhbat uyushtira oladi; oila aʼzolari bilan birgalikda tayyorlab kelgan nutqini soʻzlab bera oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling